Hech qanday belgi topilmadi
Qidiruv so'rovingizni o'zgartirib ko'ring yoki filtrni tozalang
Ogohlantiruvchi belgilar
45 ta yo'l belgisi
Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi
Shlagbaumsiz temir yo’l kesishmasi
Ko’p izli temir yo’l
Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
1.4.1 – 1.4.6. "Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuv" Ushbu yo'l belgilari aholi yashash joylaridan tashqarida, haydovchining temir yo'l kesishmalariga yaqinlashish darajasini ko'rsatadi va 1.1."Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi" yoki 1.2."Shlagbaumsiz temir yo'l kesishmasi" yo'l belgilari bilan birgalikda o'rnatiladi. Bu yo'l belgilarining asosiy maqsadi, haydovchilarning temir yo'l kesishmalariga e'tiborini yanada kuchliroq qaratishdan iborat. Zarur holatlarda, keng yo'llarda ushbu yo'l belgilari qo'shimcha ravishda yo'lning chap tomoniga ham qo'yiladi. Haydovchi temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganda tezlikni kamaytirishi kerak.
Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
Temir yo’l kesishmasining yaqinligi haqida ogohlantirish
Tramvay yo’li bilan kesishuv
Teng ahamiyatli yo’llar kesishuvi
Aylanma harakatlanish bilan kesishuv
Svetofor tartibga soladi
Ko’tarma ko’prik
Sohilga chiqish
Xavfli burilish
Xavfli burilish
Xavfli burilishlar
Xavfli burilishlar
Tik nishablik
Tik balandlik
Sirpanchiq yo’l
Notekis yo’l
Tosh otilish xavfi
Yo’lning torayishi
Yo’lning torayishi
Yo’lning torayishi
Ikki tomonlama harakatlanish
Piyodalar o’tish joyi
Bolalar
Velosiped yo’lkasi bilan kesishuv
- 1.22. "Velosiped yo'lkasi bilan kesishuv"
1.22. "Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv"
1.22 «Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv» belgisi qizil hoshiyali uchburchak shaklida bo‘lib, uning markazida, oq fonda qora rangli velosiped tasvirlangan.
«Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv» belgisi velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tadigan joylar oldidan o‘rnatiladi va yo‘l harakati qatnashchilarini qatnov qismida kutilmaganda velosipedchi paydo bo‘lib qolishidan ogohlantiradi.
1.22 yo‘l belgisini ko‘rgan haydovchidan qandaydir aniq bir harakat talab qilinmaydi. Haydovchi, faqat zarurat paydo bo‘lganida tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi shart. Velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismi bilan kesishgan joylarda, odatda imtiyoz avtomobilda bo‘ladi, shuning uchun velosiped va moped haydovchilari yo‘l berishlari kerak. Biroq haydovchi hushyor bo‘lishi va har qanday vaqtda to‘xtashga tayyor bo‘lishi kerak.Bundan tashqari, velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismi bilan kesishgan joylar svetofor orqali tartibga solinishi mumkin. Bunday vaziyatda haydovchilar, svetofor ishoralariga asosan harakatlanadilar.
Haydovchi, velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismi bilan kesishgan joyga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida «Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv» belgisi bilan ogohlantiriladi, yo‘lkaning o‘zi esa, 4.5 «Velosiped yo‘lkasi» yoki velosiped yo‘lkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun mo‘ljallangan tasmani bildiruvchi 1.26 yo‘l chizig‘i bilan belgilanadi. Velosiped yo‘lkasi yo‘lning qatnov qismi bilan kesishgan joyga yo‘lning velosiped yo‘lkasi kesib o‘tgan joyini bildiruvchi 1.15 yo‘l chizig‘i chiziladi. 1.22 «Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv» belgisi ko‘pchilik ogohlantiruchi belgilar kabi, aholi punktlaridan tashqarida 150 – 300 metr, ahli punktlarida 50 – 100 metr oldin o‘rnatiladi. Agar belgini boshqa masofada o‘rnatish zaruriyati bo‘lsa 7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» qo‘shimcha axborot belgisi bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Ta’mirlash ishlari
- 1.23 «Ta’mirlash ishlari»
belgisi ogohlantiruvchi belgilari uchun an’anaviy bo‘lgan uchburchak shaklga ega. Qizil hoshiyali belgining oq fonida ta’mirlash ishlarini bajarayotgan odamning tasviri tushirilgan.
Haydovchilar 1.23 «Ta’mirlash ishlari» yo‘l belgisi orqali yo‘lning qatnov qismida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Ta’mirlash ishlari turli xil, asfalt yotqizish, chuqurlarni ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini yangilashdan tortib, daraxtlarni kesish va svetofordagi chiroqlarni almashtirishgacha bo‘lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, yo‘lda ishchilar va maxsus texnikalar bo‘lishi mumkin, yo‘lning bir qismida yo‘l qoplamasi yoki yo‘l chetidagi ariq olib tashlanishi mumkin. Va yo‘l hududida qanday ish olib borilishidan qat’i nazar, haydovchidan ko‘proq e’tibor talab qiladi.
Haydovchilar yodda tutishlari kerakki, yo‘l xizmati xodimlari ta’mirlash ishlari paytida tartibga soluvchining vakolatlarini oladilar va istalgan vaqtda transport oqimini to‘xtatishi yoki yo‘naltirishi, shuningdek, ularga to‘siqlarni chetlab o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, yo‘l xizmati xodimlari kiyimida jezl ushlab turgan odamni ko‘rib hayron bo‘lmaslik kerak.
1.23 yo‘l belgisini ko‘rgan haydovchilar tezlikni kamaytirishlari va boshqa yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlariga e’tibor qaratgan holda yo‘l sharoitlariga muvofiq harakat qilishlari kerak.
Mol haydab o’tish
Yovvoyi hayvonlar
Toshlar tushishi
Yonlama shamol
Pastlab uchuvchi samolyotlar
Tonnel
Boshqa xavf-xatar
Sun'iy yo'l notekisliklari
Burilishning yo’nalishi
Burilishning yo’nalishi
Burilishning yo’nalishi
Tirbandlik
“Bir izli temir yo‘l”.
Imtiyoz belgilari
9 ta yo'l belgisi
Asosiy yo’l
Asosiy yo’lning oxiri
Ikkinchi darajali yo’l bilan kesishuv
tutashuv o’ngdan
tutashuv chapdan
Yo’l bering
To’xtamasdan harakatlanish taqiqlangan
Ro’para harakatlanishning ustunligi
Ro’paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz
Taqiqlovchi belgilar
36 ta yo'l belgisi
Kirish ta'qiqlangan
Harakatlanish ta'qiqlangan
Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan
Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan
Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan
Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan
Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan
Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan
Velosipedda harakatlanish ta'qiqlangan
Piyodalarning harakatlanishi ta'qiqlangan
Vazn cheklangan
O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan
Cheklangan balandlik
- 3.13. "Cheklangan balandlik"
Ushbu belgi balandligi cheklangan tonnel, ko'prik, estakadalar, yuqori kuchlanishli elektr toki o'tkazgichlari va turli kommunikatsion qurilmalar ostidan o'tgan yo'llar oldida o'rnatiladi. Gabarit balandligi belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
Eslatib o'tamiz, belgi bo'lmagan taqdirda, yo'l harakati qoidasiga ko'ra, transport vositalarining ruxsat etilgan gabarit balandligi 4 metr qilib belgilangan.
Transport vositasining gabarit balandligini hisobga olmay, taqiqlangan yo'ldan harakatlanishi yo'l inshootlariga shikast yetkazishi, yuqori kuchlanishli elektr toki o'tkazgichlarini uzib yuborishi va boshqa qator ko'ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Cheklangan kenglik
- 3.14. "Cheklangan kenglik"
Ushbu belgi tor yo'lak, tonnel, ko'prik va estakadalar oldida o'rnatiladi hamda gabarit kengligi belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatini taqiqlaydi.
Gabarit kengligi tor yo'llardan yurish imkoniyatini bermaydigan transport vositalarining ushbu belgiga amal qilmasligi oqibatida yo'l inshootlariga shikast yetishi, boshqa transport vositalari harakatiga xavf solishi mumkin.
Tegishli ruxsatnomasi bo‘lmay turib yirik gabaritli transport vositalari bilan yo‘lga chiqish yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish taqiqlanadi.
Cheklangan uzunlik
- 3.15. "Cheklangan uzunlik"
Ushbu belgi uzun transport vositalarining ko'p burilishli tor ko'chalarda harakatlana olmasligi va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bermasligi maqsadida o'rnatiladi.
Bu belgi gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilgandan uzun bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi.
Eng kam oraliq
- 3.16. "Eng kam oraliq"
Ushbu belgi usti muzlik bilan qoplangan joylar, sirpanchiq yo‘llar, tog‘li yo‘llar, ko‘tarish imkoniyati cheklangan uzun ko‘priklar, nazorat punktlari oldida o‘rnatiladi.
Belgida ko‘rsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi. Bunday joylarda transport vositasi haydovchilari ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, oraliq masofani saqlab, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.
Belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha yoki 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi bilan belgilangan joygacha ta’sir qiladi.
Bojxona
- 3.17.1. "Bojxona"
Ushbu belgi bojxona posti oldida o'rnatiladi. Haydovchilar kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun post oldida majburiy ravishda to'xtab o'tishlari shart. Transport vositasi haydovchilarining bojxona oldida to'xtamasdan o'tishlari taqiqlanadi.
Xavf-xatar
- 3.17.2. «Xavf-xatar».
Bu belgi yo‘l-transport hodisasi yoki boshqa xavfli holatlar, ya’ni qor ko‘chishi, yo‘lni suv bosishi, ko‘prikni suv olib ketishi, radiatsiya, zaharli gazlar tarqalishi, shu bilan birga, boshqa tabiiy va texnogen ofatlar yuz bergan yo‘l qismlari oldida o‘rnatiladi.
Ushbu yo‘l belgisi barcha transport vositalarining xavfli hududdan harakatlanishlarini taqiqlaydi.
O’ngga burilish ta'qiqlanadi
- 3.18.1. «O‘ngga burilish taqiqlangan».
Bu belgi yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi. Taqiqlovchi ushbu belgi yo‘nalishli transport vositalari, ya’ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo‘nalishli taksilardan boshqa barcha transport vositalarining o‘ngga burilishini taqiqlaydi. Belgi o‘rnatilgan kesishmaning o‘zigagina ta’sir qiladi
Chapga burilish taqiqlanadi
- 3.18.2. "Chapga burilish taqiqlanadi".
Bu belgi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi va belgiga amal qilish yo'nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.
Qayrilish ta'qiqlanadi
- 3.19. “Qayrilish taqiqlangan”
Belgisi manevrni bajarish qiyin bo‘lgan yoki boshqa transport vositalarining harakati uchun xavf tug‘diradigan chorrahalarda qayrilishni taqiqlash uchun qo‘llanilishi kerak. U chorrahalar orasidagi yo‘l uchastkalarida ajratuvchi mintaqadagi bo‘shliqlar orqali qayrilishlarni taqiqlash uchun ishlatilmasligi kerak.Bu belgi o‘rnatilgan joyda faqat qayrilib olish taqiqlanadi, chapga burilish taqiqlanmaydi. Ushbu belgi talablariga amal qilmagan haydovchi, qayrilib olish boshqa transport vositalarining harakati uchun xavf tug‘diradigan chorrahada yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.
Quvib o’tish taqiqlanadi
- 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan»
belgisi harakat jadalligi yuqoriligi, qatnov qismi kengligi sababli transport vositalarining quvib o‘tishi qarama - qarshi yo‘nalishdagi yoki yo‘lakay yo‘nalishdagi boshqa transport vositalarining harakatlanishi uchun xafv tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi. 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan» belgisi, shuningdek, ko‘rinish cheklangan joylarda o‘rnatilishi mumkin, bunda belgining ta’sir oralig‘i yo‘lning xavfli hududi bilan belgilanadi.
Quvib o’tish ta'qiqlangan hududning oxiri
- 3.21. «Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri».
Bu belgi 3.20. «Quvib o‘tish taqiqlangan» belgisi bilan qo‘yilgan, soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlangan cheklovni bekor qiladi. Belgidan so‘ng yo‘lning ushbu qismida harakatlanayotgan transport vositalari barcha turdagi transport vositalarini qoidada belgilangan tartibda quvib o‘tishi mumkin.
Yuk avtomobillarida quvib o’tish taqiqlangan
- 3.22. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan"
Ushbu belgi ruxsat etilgan to‘la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tishni taqiqlaydi. Lekin soatiga 40 km.dan kam tezlikda yakka tartibda harakatlanayotgan transport vositalarini quvib o‘tishga ruxsat etiladi. Bu belgi birinchi chorrahagacha va 3.23. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri" belgisi o‘rnatilgan joygacha amal qiladi. Agar chorraha va "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri" yo‘l belgisi bo‘lmasa, belgining aholi yashaydigan joylarning oxirigacha amal qiladi.
Transport vositalarini quvib o‘tish qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.
Yuk avtommobillarida quvib o’tish taqiqlangan hududning oxiri
- 3.23. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri"
Bu belgi transport vositalariga 3.22. "Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan" belgisi bilan qo‘yilgan cheklovni bekor qiladi. Yo‘lning bu qismida harakatlanayotgan yuk avtomobillari barcha turdagi transport vositalarini qoidada belgilangan tartibda quvib o‘tishi mumkin.
Yuqori tezlik cheklangan
- 3.24. "Yuqori tezlik cheklangan"
belgisi doira shaklida va unda yo‘lning ushbu qismida ruxsat etilgan maksimal tezlik ko‘rsatilgan qizil hoshiyali oq fonga ega. 3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» belgisi ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
Yo‘l-transport hodisalarining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri bu tezlikni oshirishdir. Shu sababli transport vositalarining tezligini cheklash yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning eng muhim chorasidir. Shuning uchun 3.24 belgisi amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan belgilardan hisoblanadi. Belgining talablari juda oddiy: har qanday transport vositasining haydovchisiga belgida belgilangan maksimal tezlik chegarasidan oshib ketishi qat’iyan man qilinadi.
«Yuqori tezlik cheklangan» belgisining ta’sir oralig‘iga kelsak, u to‘g‘ridan to‘g‘ri belgi joylashgan joydan boshlanadi. Ammo bu hududning oxiri bir necha usullar yordamida ko‘rsatilishi mumkin.
Birinchidan, «Yuqori tezlik cheklangan» belgisi harakatlanish yo‘nalishida yangi tezlikni cheklovchi belgi o‘rnatilmagan bo‘lsa keyingi chorrahalarda yoki aholi punkti oxirida ta’sirini to‘xtatadi. Yangi aholi punktining boshlanishi ham belgi tugaydigan joy bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, 3.24 belgisining ta’sir oxiri 3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi yoki 3.31 «Barcha cheklovlarning oxiri» belgisi bilan belgilanishi mumkin.
Uchinchidan, belgi ta’siri shu turdagi boshqa tezlik chegarasi ko‘rsatilgan, belgining o‘rnatilishi orqali tugatilishi mumkin. To‘rtinchidan, 3.24 belgisining ta’sir oralig‘i 7.2.1 «Ta’sir oralig‘i» qo‘shimcha axborot belgisi bilan ko‘rsatilishi mumkin, bu belgining aniq ta’sir masofasini ko‘rsatadi.
Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri
- 3.25. "Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri"
3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi qora hoshiyali doira shaklida bo‘lib, oq fonda kulrang rangda oldin o‘rnatilgan 3.24 belgidagi raqamlar ko‘rsatilgan va beshta ingichka dioganal chiziqlar chizilgan.
3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» belgisi ta'sir oxirini ko‘rsatuvchi usullardan biri, bu 3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisini o‘rnatish hisoblanadi. 3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi 3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» belgisining ta'sirini keyingi chorrahagacha yoki aholi punktining oxirigacha davom ettirishga zarurat qolmagan holatlarda o‘rnatiladi.
Biroq tezlik chegarasining bekor qilinishi haydovchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan istalgan tezlikda harakatlana oladi, degani emas, chunki yo‘llarda belgilangan tezlik chegaralari mavjud. Masalan, yengil avtomobillar va ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobillariga aholi punktlarida 70 km/soatdan oshirib, aholi punktlaridan tashqarida 100 km/soatdan yuqori, turar joy dahalarida esa 20 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlanadi. Turli toifadagi transport vositalari uchun yuqori tezlik ko‘rsatkichlari turli xil.
Har ikki yo‘nalishda harakatlanish uchun bir, ikki yoki uch tasmali yo‘llarda 3.25 belgisi faqat yo‘lning chap tomonida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadigan transport vositalarining haydovchilari uchun mo‘ljallangan 3.24 belgisining teskari tomonida o‘rnatilishi mumkin.
«Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri» belgisi nafaqat yo‘lning chap tomoniga, balki o‘ng tomoniga ham o‘rnatilishi mumkin. Bu haydovchiga «Yuqori tezlik cheklangan» belgisining ta'siri tugaganligi to‘g‘risida tezda xabardor qilish uchun amalga oshiriladi.
Tovuch moslamalaridan foydalanish ta'qiqlangan
- 3.26. "Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan"
Bu belgi yo'l-transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda, tovush moslamalaridan foydalanishni taqiqlaydi. Ushbu belgi aholi yashash joylaridan tashqarida, dam olish uylari, kasalxonalar, sanatoriyalar, bolalar dam olish oromgohlari oldida o'rnatiladi. Aholi yashaydigan joylarda belgi o'rnatilmasada, sababsiz tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan.
Yo'l belgilari qoidalariga amal qilmaganlik uchun eng kam ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarima belgilanadi.
To’xtash taqiqlangan
- 3.27 «To‘xtash taqiqlangan»
belgisi qizil hoshiyali doira shaklida. Biroq belgi foni oq emas ko‘k rangda. Belgi doirasi bo‘ylab X (iks) shaklida ikkita qizil rangli dioganal chiziqlar tortilgan.
3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi yo‘l harakati qatnashchilariga ushbu joyda to‘xtashga ruxsat etilmaganligini bildiradi. Ushbu belgi avtomobillarning boshqa transport vositalariga xalaqit bermasligini ta’minlash uchun o‘rnatiladi.
Avtomobil – bu harakatlanish uchun mo‘ljallangan qurilma. Ammo ba’zida avtomobil ham to‘xtashi kerak. Yo‘l harakati qoidalarida bunday holatlar to‘xtash yoki to‘xtab turish deb ataladi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ba’zan avtomobillar yo‘lning u yoki bu qismida noo‘rin to‘xtashadi, chunki, bu boshqa avtomoballar harakatiga to‘sqinlik tug‘dirishi, tirbandlikka yoki yo‘l – transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Avtotransport vositalarini to‘xtash yoki to‘xtab turishi taqiqlangan holatlar Yo‘l harakati qoidalarida batafsil ko‘rsatilgan. Biroq, qandaydir joylarda to‘xtash taqiqlanishi kerak bo‘lgan holatlar bo‘lishi mumkin. Bunday joylar 3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi bilan belgilanadi.
To’xtab turish ta'qiqlangan
- 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan"
Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan «Nogiron» tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar belgi talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Bu belgi taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
Oyning toq kunlarida to’xtab turish taqiqlanadi
- 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" va 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi"
3.29 «Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi qizil chiziq tortilgan, qizil hoshiyali ko‘k fon va uning markazida vertikal oq chiziq tortilgan ko‘rinishga ega.
3.29 «Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi oyning oq kunlarida (sanalarida) transport vositalarining belgi ta'sir oralig‘ida to‘xtab turishini taqiqlaydi.
3.29 belgisi odatda qarama-qarshi harakatlanayotgan transport vositalarini aylanib o‘tish qiyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘llarning tor hududlarida, shuningdek, ma'muriy binolar, turli muassasalar, supermarketlar va boshqa joylarda transport vositalarining to‘xtab turishi zurur bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Yo‘lning ikki tomonida to‘xtab qolgan avtomobillar harakatga sezilarli darajada to‘sqinlik qilishi mumkin, ayni paytda yo‘lning faqat bir tomonida to‘xtab turish, transport harakati uchun muammo tug‘dirmaydi. Shuning uchun 3.29 «Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi ko‘pincha yo‘lning bir tomoniga, ikkinchi tomoniga esa 3.30 «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi o‘rnatiladi. Shunday qilib, ma'lum bir muvozanatga erishiladi va transport vositalari mumkin qadar to‘siqsiz harakatlana oladi.
Oyning juft kunlarida to’xtab turish taqiqlanadi
- 3.30. «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan»
3.30 «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi qizil chiziq tortilgan, qizil hoshiyali ko‘k fon va uning markazida ikkita vertikal oq chiziqlar tortilgan ko‘rinishga ega.
3.30 «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi oyning juft kunlarida (sanalarida) transport vositalarining belgi ta'sir oralig‘ida to‘xtab turishini taqiqlaydi.
3.30 belgisi odatda qarama-qarshi harakatlanayotgan transport vositalarini aylanib o‘tish qiyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘llarning tor hududlarida, shuningdek, ma'muriy binolar, turli muassasalar, supermarketlar va boshqa joylarda transport vositalarining to‘xtab turishi zurur bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Yo‘lning ikki tomonida to‘xtab qolgan avtomobillar harakatga sezilarli darajada to‘sqinlik qilishi mumkin, ayni paytda yo‘lning faqat bir tomonida to‘xtab turish, transport harakati uchun muammo tug‘dirmaydi. Shuning uchun 3.29 «Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi ko‘pincha yo‘lning bir tomoniga, ikkinchi tomoniga esa 3.30 «Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan» belgisi o‘rnatiladi. Shunday qilib, ma'lum bir muvozanatga erishiladi va transport vositalari mumkin qadar to‘siqsiz harakatlana oladi.
Barcha cheklovlarning oxiri
- 3.31. "Barcha cheklovlarning oxiri"
Haydovchidan bu belgining mazmunini chuqurroq tushunib olishi talab etiladi. Garchand bu belgi barcha cheklovlarning oxiri deb nomlansada, amalda 3.16. "Eng kam oraliq", 3.20. "Quvib o'tish taqiqlanadi", 3.22 "Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan", 3.24. "Yuqori tezlik cheklangan", 3.26. "Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan", 3.27. "To'xtash taqiqlangan", 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan", 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi", 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" yo'l belgilaridan birini, yo bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi va yuqoridagi yo'l belgilarining ta'sir doirasini kesishmadan avvalroq tugatish uchun ishlatiladi.
Xavfli yuklarga ega transport vositalarining harakati ta'qiqlanadi
- 3.32. «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakatlanishi taqiqlangan»
Ushbu belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo‘lga tutash hududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldiga tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
Portlovchi va yonuvchan yuklarga ega transport vositalarining harakatlanishi ta'qiqlanadi
- 3.33. «Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan»
Ushbu belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo‘lga tutash hududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldiga tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi.
«Nazorat joyi».
- 3.17.3. «Nazorat joyi».
3.17.3 «Nazorat joyi» yo‘l belgisi dumaloq shaklga va qizil hoshiyali oq fonga ega. Unda qora harflar bilan «STOP» va «NAZORAT» so‘zlari yozilgan.
3.17.3 «Nazorat joyi» belgisi transport vositalarining tekshirib o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan vaqtincha yoki doimiy nazorat punktlarida o‘rnatiladi.
3.17.3 belgisi haydovchining yo‘lda joylashgan nazorat punktida to‘xtamasdan o‘tishini taqiqlash zarurati bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bunday punkt YPX (Yo‘l-patrul xizmati) maskani yoki karantin posti bo‘lishi mumkin. 3.17.3 belgisi chegara hududlari oldida ham o‘rnatilishi mumkin.
Ushbu belgi, shuningdek, pullik yo‘llar yoki xususiy yo‘llardagi pullik punktlarga kirish joylarida ham o‘rnatilishi mumkin.
Ushbu belgi transport vositasini to‘xtash chizig‘ida to‘xtatish va agar to‘xtash chizig‘i bo‘lmasa, u holda belgidan yo‘lni perpendikulyar ravishda kesib o‘tadigan xayoliy chiziqda (ya’ni belgining to‘g‘risida) to‘xtatishni talab qiladi.
«Nazorat joyi» belgisi ta’sir oralig‘ida haydovchilarning xatti-harakati bojxona punkti orqali harakatlanishdagi kabi bo‘lishi kerak. Haydovchi nazorat posti xodimlarining barcha qonuniy talablariga rioya qilishi, ularga tekshirish va qidiruv o‘tkazish imkoniyatini ta’minlashi hamda ularning ruxsati bilan harakatni to‘g‘ri yo‘nalishda davom ettirishi shart.
Odatda «Nazorat joyi» belgisi to‘g‘ridan to‘g‘ri nazorat punktida o‘rnatiladi. Ammo ba’zi hollarda uni oldindan takrorlash mumkin. Bunday holda, 3.17.3 belgisi, 7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» qo‘shimcha axborot belgisi bilan birga o‘rnatiladi.
Buyuruvchi belgilar
25 ta yo'l belgisi
“Harakatlanish to‘g‘riga”.
- 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga"
Bu belgi yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi va transport vositalariga shu kesishmada faqat to'g'riga harakatlanishni buyuradi. Chapga yoki o'ngga burilish, shuningdek qayrilishga ruxsat etilmaydi. Lekin belgilangan yo'nalishli transport vositalariga, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilarga bu belgining ta'siri yo'q. Belgi shuningdek yo'lning boshida ham o'rnatiladi. Bu holda uning buyrug'i keyingi chorrahagacha amal qiladi. Bunda yo'lning o'ng tomonida joylashgan hovli yoki yo'lga yondosh boshqa hududlarga kirishga ruxsat etiladi.
“Harakatlanish o‘ngga”.
- 4.1.2. "Oʻngga harakatlanish"
Ushbu belgi chorrahadan oldin oʻrnatiladi va transport vositalariga faqat oʻngga burilishni buyuradi. Ya’ni, bu yerda toʻgʻriga yurish, chapga burilish yoki orqaga qayrilish taqiqlanadi.
Ushbu belgining talablariga rioya qilmaslik yo‘l harakati qoidalarini buzishga va avariya holatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Qoidani buzgan haydovchiga eng kam oylik ish haqining 0,5 qismi miqdorida jarima solinadi.
Yo‘nalishli jamoat transport vositalari — avtobus, trolleybus, tramvay va marshrutkalar bu belgi ko‘rsatmasiga amal qilmasligi mumkin.
“Harakatlanish chapga”.
- 4.1.3. "Harakatlanish chapga"
Ushbu belgi chorraha oldida o‘rnatiladi va transport vositalarining birinchi kesishmada faqat chap tomonga harakatlanishini buyuradi. Chapga burilishni ko‘rsatuvchi belgi orqaga qayrilishga ruxsat beradi, lekin o‘ngga yoki to‘g‘riga harakatlanish qat’iyan taqiqlanadi. Yo‘nalishli transport vositalariga, ya’ni avtobus, trolleybus, tramvay va marshrut taksilariga belgi ta’sir qilmaydi.
Yo‘l belgilari talablarini buzgan haydovchi 0,5 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
“Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga”.
- 4.1.4. "Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga"
Ushbu belgi chorraha oldida o‘rnatiladi va transport vositalarining birinchi kesishmada faqat to‘g‘riga yoki o‘ng tomonga harakatlanishini buyuradi. Chapga burilish yoki orqaga qayrilish taqiqlanadi. Ushbu belgi talablariga rioya qilinmasligi yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga va yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yo‘nalishli transport vositalarga, ya’ni avtobus, trolleybus, tramvay va marshrut taksilariga ushbu belgi ta’sir qilmaydi. Yo‘l belgisi talablarini buzgan haydovchi 0,5 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
“Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga”.
- 4.1.5. "Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga"
Ushbu belgi chorraha oldida o‘rnatiladi va transport vositalarining birinchi kesishmada faqat to‘g‘riga yoki chap tomonga harakatlanishini buyuradi. Belgi o‘ngga burilishni qat’iyan taqiqlaydi, biroq chorrahada orqaga qayrilishga ruxsat beradi. Ammo bu yo‘l belgisi yo‘nalishli transport vositalarga taalluqli emas. Yo‘l belgisi qoidasini buzgan haydovchi 0,5 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi
“Harakatlanish o‘ngga yoki chapga”.
- 4.1.6. «Harakatlanish o‘ngga yoki chapga»
4.1.6 belgisi haydvchilardan faqat belgida ko‘rsatilgan yo‘nalishda, ya’ni o‘ng va chapga harakatlanishni talab qiladi. Bunday hollarda o‘ngga burilish qatnov qismining iloji boricha eng chetki o‘ng holatidan amalga oshirilishi kerak, chapga burilish esa qatnov qismining iloji boricha eng chetki chap holatidan amalga oshirilishi kerak. Shuningdek, chapga burilishga ruxsat etuvchi ushbu belgi qayrilishga ham ruhsat etadi. 4.1.6. «Harakatlanish o‘ngga yoki chapga» belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.
“To‘siqni o‘ngdan chetlab o‘tish”.
- 4.2.1. “To‘siqni o‘ngdan aylanib o‘tish”
Belgisi bevosita xavfsizlik orolchalarini yoki turli xildagi to‘siqlardan oldin o‘rnatiladi. Xavfsizlik orolchalarini va turli xildagi to‘siqlarni faqat ko‘rsatkich(yo‘naltirgich) ko‘rsatgan tomondan aylanib o‘tishga ruxsat etiladi.Ushbu belgi talablariga amal qilmagan haydovchi, belgi talabiga zid ravishda xavfsizlik orolchasini yoki turli xildagi to‘siqni o‘ng tomondan emas chap tomondan aylanib o‘tayotganda yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.
“To‘siqni chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha chetlab o‘tishga ruxsat etiladi.
- 4.2.2. "To'siqni chapdan chetlab o'tish"
Transport vositasining harakatlanayotgan yo'lida ushbu belgi bo'lsa, haydovchi to'siqni chap tomondan chetlab o'tishi kerak. To'siqni o'ngdan chetlab o'tish taqiqlanadi.
“To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish”. To‘siqni har tomondan chetlab o‘tishga ruxsat etiladi.
- 4.2.3. «To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish»
4.2.1 va 4.2.2 belgilaridan farqli ravishda 4.2.3. «To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan chetlab o‘tish» belgisi, to‘siqni chetlab o‘tishning qat’iy yo‘nalishini ko‘rsatmasdan uni o‘ng yoki chapdan chetlab o‘tishga ruxsat beradi va bunda to‘siqni qaysi yo‘nalishdan chetlab o‘tish haydavchi xoxishiga bog‘liq.
Ko‘pincha ushbu belgi yo‘ldagi ta’mirlash ishlari qatnov qismi o‘rtasida amalga oshirilayotgan holatlarda ishlatiladi. Shuningdek belgi, temir-beton va temir to‘siqlarni, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar ustunlarini chetlab o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatish maqsadida o‘rnatilishi mumkin.
“Aylanma harakatlanish”. Yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi.
- 4.3. “Aylanma harakatlanish”
Yo‘l belgisi aylanma harakatli chorrahaga (maydonga) kirishda o‘rnatiladi. Bu belgi chorrahada transport vositalarining aylanma harakatini tashkil qilishda harakatni faqat yo‘naltirgichlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
Bunda aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanma harakatlanish chorrahasiga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega hisoblanadi.
“Yengil avtomobillar harakatlanadi”. Yengil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositlarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
- 4.4. "Yengil avtomobillar harakatlanishi"
Bu belgi ta'sir doirasida yengil avtomobillar, avtobuslar, motosikllar va to'la vazni 3,5 tonnagacha bo'lgan yuk avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat etiladi. Belgi aholi zich, harakat tig'iz bo'lgan madaniy – maishiy markazlarda, ortiqcha transport vositalarining harakatini cheklash maqsadida o'rnatiladi.
Yo'l belgisi qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
“Velosiped yo‘lkasi”. Faqat velosiped va mopedlarlar harakatlanishga ruxsat etiladi. Velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
- 4.5. "Velosiped yo'lkasi"
Belgi o'rnatilgan yo'lda yoki yo'lakda faqat velosiped va mopedlar harakatlanishiga ruxsat etiladi. Bu belgi velosiped va mopedlar harakatlanishidan tashqari, trotuar bo'lmagan taqdirda, xalaqit bermaslik sharti bilan piyodalarning harakatlanishiga ham ruxsat etadi. Biroq bunday yo'llarda boshqa transport vositalarining harakati taqiqlanadi.
Ushbu yo'l belgisi qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Piyodalar yo’lkasi
- 4.6. "Piyodalar yo'lkasi"
Bu belgi o'rnatilgan yo'lda, faqat piyodalarning yurishiga ruxsat etiladi. Belgi yo'l, maydon, saylgoh, yo'lka va alohida ko'chada, butun yo'l kengligi bo'yicha harakatlanish faqat piyodalarga ruxsat etilganligini bildiradi.Transport vositalarining piyodalar uchun mo'ljallangan yo'ldan yurishi taqiqlanadi.
Yo'l belgisi qoidasini buzgan haydovchi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Piyoda va velosipedlar birgalikda harakatlanish yo'li
Piyoda va velosipedlar birgalikda harakatlanish yo'li oxiri
Ajratilgan piyoda va velosiped harakatlanish yo'li
- 4.6.3 «Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak»
belgisi dumaloq shaklga ega va oq hoshiyali ko‘k fonga ega bo‘lib, unda velosiped va piyodaning ramzi oq rangda tasvirlangan bo‘lib, bo‘ylama chiziq bilan ajratilgan. Belgi yo‘ldan bir vaqtning o‘zida ham piyodalar, ham velosipedchilar tomonidan foydalanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ammo 4.6.1 belgisidan farqli o‘laroq, piyodalar va velosipedchilar uchun ikkita alohida yo‘lak ajratilgan bo‘lib, ular 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq chiziqlari yoki qoplama turi bilan bir-biridan ajratilgan. Ushbu belgining ta’sir oralig‘i uning o‘rnatilgan joyidan 4.6.4 belgisigacha yoki eng yaqin chorrahagacha davom etadi. Agar piyodalar yo‘lkasi uzoqroqqa cho‘zilgan bo‘lsa, u holda «Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak» belgisini qayta o‘rnatish kerak.
Ushbu belgi ta’sir oralig‘ida transport vositalari harakatlana olmaydi yoki turolmaydi. Ammo bu qoidadan istisnolar mavjud. Piyodalar yo‘lkasida joylashgan obyektlarga turli xil tovarlarni yetkazib beradigan transport vositalari, masalan, oziq-ovqat do‘koniga tovarlarni yetkazib beradigan transport vositalari ushbu belgi ta’sir oralig‘iga kirishlari mumkin. Bundan tashqari, velosiped va piyodalar yo‘lkasi hududiga kirishga komunal xizmat yoki yo‘l xizmatlarining transport vositalariga, agar ular o‘z vazifalarini bajaradigan joy ushbu hududda joylashgan bo‘lsa ruxsat etiladi.
Ajratilgan piyoda va velosiped harakatlanish yo'li oxiri
- 4.6.4. «Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri»
belgisi dumaloq shaklga ega va oq hoshiyali ko‘k fonga ega bo‘lib, unda velosiped va piyodaning ramzi oq rangda tasvirlangan bo‘lib, bo‘ylama chiziq bilan ajratilgan va diaganal bo‘yicha qizil chiziq tortilgan.
Buyuruvchi belgilar odatda harakat yo‘nalishidagi chorrahagacha yoki qatnov qismi kesishmasigacha ta’sir qiladi. Biroq, shunday vaziyatlar bo‘lishi mumkinki, belgining ta’sirini oldinroq tugatish kerak. Agar gap piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak to‘g‘risida ketsa, unda ularning ta’sir oxiri 4.6.4 «Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri» yo‘l belgisi bilan ko‘rsatilishi mumkin.
4.6.4 belgisi tegishli hududlarning oxirida piyodalar va velosipedchilarni boshqa harakat tartibi va xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa hududga kirib borayotganligi haqida xabardor qilish uchun o‘rnatiladi. Velosipedchilar endi yo‘lda boshqa haydovchilar bilan bir yo‘nalishda harakat qilishlari kerak, shuning uchun ular e’tiborini oshirishlari va yo‘nalish va trayektoriyani ehtiyotkorlik bilan tanlashlari kerak.
Ajratilgan piyoda va velosiped harakatlanish yo'li
- 4.6.5. “Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak”.
1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
Ajratilgan piyoda va velosiped harakatlanish yo'li oxiri
“Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.
- 4.7. "Eng kam tezlik"
4.7 «Eng kam tezlik» belgisi dumaloq shaklga va oq hoshiyali ko‘k fonga ega bo‘lib, belgi markazida oq rangli raqamlar joylashtirilgan.
«Eng kam tezlik» belgisi yo‘lda yoki qatnov qismining alohida harakatlanish tasmasida, faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/s) harakatlanishga ruxsat etilgan holatlarda qo‘llaniladi.
4.7 «Eng kam tezlik» belgisining ta’sir oralig‘i belgi o‘rnatilgan joydan boshlanib, keyingi chorrahagacha yoki aholi punkti oxirigacha davom etadi yoki 4.8 «Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri» belgisi o‘rnatilgan joyda yakunlanadi.
4.7 belgisi ko‘pincha boshqa belgilar bilan birga, masalan, belgi aynan shu harakatlanish tasmasiga tegishliligini ko‘rsatuvchi 7.14 «Harakatlanish tasmasi» yoki belgi aynan qaysi turdagi transport vositalariga tegishliligini ko‘rsatuvchi 7.4.1—7.4.10 «Transport vositasining turi» qo‘shimcha axborot belgilari bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
«Eng kam tezlik» belgisini butun yo‘l bo‘ylab yakka holda o‘rnatish faqat qo‘shimcha yo‘l mavjud bo‘lgan hollarda mumkin, chunki bu tartibda o‘rnatilgan belgi, sekin harakat qiluvchi transport vositalari (traktorlar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, mopedlar, skuterlar va boshqa sekin harakat qiluvchi transport vositalari) harakatini cheklab qo‘yishi mumkin.
4.7 «Eng kam tezlik» belgisi shuningdek, 5.8.3 «Tasmaning boshlanishi» belgisida ko‘rsatilishi mumkin, bunday holatda belgi yo‘lning sekinlashish bo‘lagi yoki balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning boshlanish qismlarida, asosiy harakatlanish tasmasidagi belgilangan eng kam tezlikni ko‘rsatadi.
“Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri”.
- 4.8. "Eng kam tezlik belgilangan yo'lning oxiri"
Bu belgi 4.7. raqamli "Eng kam tezlik" yo'l belgisining ta'sir oralig'ini bekor qiladi. Bu yo'lda harakatlanayotgan transport vositalari yo'l qoidalariga amal qilgan holda, istagan tezliklarida harakatlanishlari mumkin.Haydovchilarning buyuruvchi belgilar talabiga amal qilishlariTransport vositasi haydovchilari taqiqlovchi belgilar kabi barcha buyuruvchi belgilarning talablariga amal qilishlari shart. Chunki ushbu buyuruvchi belgilar yo'l harakati qatnashchilariga qaysi yo'nalishda harakat qilishlari kerakligini buyurib, ularning harakatini aniq tartibga soladi. Masalan, "Harakatlanish to'g'riga", "Harakatlanish o'ngga", "Harakatlanish chapga", "To'siqni o'ngdan chetlab o'tish", "To'siqni chapdan chetlab o'tish", "To'siqni o'ngdan yoki chapdan chetlab o'tish" kabi yo'l belgilariga, umuman, buyuruvchi belgilarga amal qilmaslik yo'l – transport hodisalarining kelib chiqishiga sababchi bo'ladi.
- Istisno holatlari
Ushbu 4.1.1. "Harakatlanish to'g'riga", 4.1.2. "Harakatlanish o'ngga", 4.1.3. "Harakatlanish chapga", 4.1.4. "Harakatlanish to'g'riga yoki o'ngga", 4.1.5. "Harakatlanish to'g'riga yoki chapga", 4.1.6. "Harakatlanish o'ngga yoki chapga" yo'l belgilarining belgilangan yo'nalishli transport vositalariga, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilarga ta'siri yo'q. Chapga burilishni buyuruvchi belgi orqaga qayrilib olishga ham ruxsat beradi.
Transport vositalarining xavfli yuklar bilan harakatlanish yo'nalishi
- 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi"
"Xavli yuk" tashish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
Transport vositalarining xavfli yuklar bilan harakatlanish yo'nalishi
- 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi"
"Xavli yuk" tashish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
Transport vositalarining xavfli yuklar bilan harakatlanish yo'nalishi
- 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi"
"Xavli yuk" tashish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
Otda yurish yo'li
4.10 Otda yurish yo'li
Axborot ishora belgilari
84 ta yo'l belgisi
“Avtomagistral”. Yo‘l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l.
- 5.1. "Avtomagistral"
Bu yo‘l belgisi avtomagistral boshida yoki unga chiqishda 7.1.1, 7.1.3, 7.1.4. "Manzilgacha bo‘lgan masofa" qo‘shimcha yo‘l belgilari bilan birga, 1000 metrgacha bo‘lgan masofada o‘rnatiladi. Belgi yirik aholi yashash punktlarini o‘zaro bog‘laydigan, takomillashtirilgan ya’ni transport vositalarining tez, xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilgan yo‘lning boshlanishini ko‘rsatadi. Avtomagistrallarda harakatlanishning alohida tartibi mavjud bo‘lib, bunday yo‘lda piyodalar, uy hayvonlari, ot – aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktor va o‘zi yurar mashinalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Bu haqda "Yo‘l harakati qoidalari" 18- bo‘limining bandlarida batafsil tanishish mumkin.
“Avtomagistralning oxiri”.
- 5.2. "Avtomagistralning oxiri"
Ushbu belgi avtomagistral yo'lining oxirida yoki undan oldin 7.1.1."Manzilgacha bo'lgan masofa" qo'shimcha yo'l belgilari bilan birga, 1000 metrgacha bo'lgan masofada o'rnatiladi.Shu joydan boshlab, 5.1. "Avtomagistral" yo'l belgisi bilan joriy etilgan harakatlanishning alohida tartib- talablari bekor qilinadi.
“Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l”. Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘l.
- 5.3. "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l"
Avtomobillar, avtobus va motosikllarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'lni ko'rsatuvchi bu belgi mazkur takomillashtirilgan yo'l oldidan qo'yiladi. Bunday yo'lda barcha turdagi avtomobillar, avtobus va motosikllarning harakatlanishiga ruxsat etiladi, biroq ot – arava, velosiped, traktor, o'zi yurar mashina va mexanizm kabi transportlarning harakati taqiqlanadi. Avtomagistraldan farqli o'laroq avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'llar faqatgina shahar ichidagi yirik sanoat va aholi mavzelarini o'zaro birlashtiradi.
“Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘lning oxiri”.
- 5.4. "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'lning oxiri"
Ushbu belgi avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'lning oxirini bildiradi. Belgi o'rnatilgan joydan boshlab, 5.3. "Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l" belgisiga amal qiladigan talablar bekor qilinadi.
“Bir tomonlama harakatlanish yo‘li”. Transport vositalarining butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘li yoki uning qatnov qismi.
5.5. "Bir tomonlama harakatlanish yo'li"
Bu belgi yo'l boshida o'rnatilib, shu yo'lning butun kengligi bo'yicha transport vositalarining faqat bir yo'nalishda harakatlanishini joriy qiladi. Ushbu belgi qo'yilgan yo'lda transport vositalarining orqaga qayrilishi taqiqlangan.
Qayrilish transport vositasining qarama-qarshi harakatlanish tasmasiga kirishi bilan tenglashtiriladi va ushbu qoidabuzarlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Bir tomonlama harakatlanish yo'lida hovli va yo'lga tutash boshqa yondosh hududlarga burilish mumkin. Bundan tashqari, aholi yashaydigan joylarda bir tomonlama harakatlanish yo'llarining chap tarafida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. Biroq, to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari esa bunday yo'llarda faqatgina yuk ortish yoki tushirish uchun to'xtashi mumkin.
“Bir tomonlama harakatlanish yo‘lining oxiri”.
- 5.6. "Bir tomonlama harakatlanish yo'lining oxiri"
Ushbu belgi transport vositalari bir tomonlama harakatlanadigan yo'lning tugaganligini bildiradi. Bu belgi o'rnatilgan joydan boshlab, 5.5. "Bir tomonlama harakatlanish yo'li" belgisi bilan o'rnatilgan tartib bekor qilinadi va qarama-qarshi yo'nalishli harakat boshlanadi.
Bir tomonlama harakatlanish yo’liga chiqish
- 5.7.1, 5.7.2. "Bir tomonlama harakatlanish yo'liga chiqish"
Ushbu belgilar chorraha oldida o'rnatilib, haydovchi chiqayotgan yo'lda faqat bir tomonlama harakatlanish joriy etilgani haqida axborot beradi. Bunda 5.7.1. belgisi harakatning chap tomonga, 5.7.2. esa harakatning o'ng tomonga yo'naltirilganini ko'rsatadi.
Bir tomonlama harakatlanish yo'lida transport vositasining qarama-qarshi tomonga harakat qilishi eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima belgilanishiga sabab bo'ladi.
Bir tomonlama harakatlanish yo’liga chiqish
- 5.7.1, 5.7.2. "Bir tomonlama harakatlanish yo'liga chiqish"
Ushbu belgilar chorraha oldida o'rnatilib, haydovchi chiqayotgan yo'lda faqat bir tomonlama harakatlanish joriy etilgani haqida axborot beradi. Bunda 5.7.1. belgisi harakatning chap tomonga, 5.7.2. esa harakatning o'ng tomonga yo'naltirilganini ko'rsatadi.
Bir tomonlama harakatlanish yo'lida transport vositasining qarama-qarshi tomonga harakat qilishi eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima belgilanishiga sabab bo'ladi.
“Bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘laklar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
- 5.8.1. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"
Bu belgi yo'l tasmalari soni va har bir yo'l bo'lagi bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi. Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi va ko'p tasmali keng yo'llarda harakatlanish yo'nalishini yo'l tasmalari bo'yicha belgilaydi. Yo'lning chetki chap tasmasidan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich shu tasmadan orqaga qayrilishga ham ruxsat beradi.
“Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
- 5.8.2. "Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"
Belgida alohida tasma bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi ko'rsatilgan. Yo'lning chetki chap tasmasidan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'l belgisi shu tasmadan orqaga qayrilishga ham ruxsat beradi. Chorrahadan oldin o'rnatilgan "Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgisining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorraha uchun tatbiq etiladi. Belgi har bir yo'l tasmalaridagi harakatlanish yo'nalishini alohida belgi bilan ko'rsatadi. Bu belgilar keng maydon yoki ko'p tasmali yo'llarda qo'llaniladi va har bir yo'l tasmasi ustida alohida – alohida o'rnatiladi.
Bo’lakning boshlanishi
- 5.8.3. "Tasmaning boshlanishi"
Ushbu belgi yo'lning balandlikka ko'tarilish yoki sekinlashish qismidagi qo'shimcha yo'l tasmasining boshlanish joyini ko'rsatadi va shu yerga o'rnatiladi. Ushbu belgilar yo'lga qo'shimcha harakat bo'lagi kiritilganligi yoki tormozlanish tasmasi borligi haqida axborot beradi. Agar qo'shimcha tasma oldiga 4.7. "Eng kam tezlik" belgisi o'rnatilgan bo'lsa, belgida ko'rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo'shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.
Bo’lakning boshlanishi
- 5.8.3. "Tasmaning boshlanishi"
Ushbu belgi yo'lning balandlikka ko'tarilish yoki sekinlashish qismidagi qo'shimcha yo'l tasmasining boshlanish joyini ko'rsatadi va shu yerga o'rnatiladi. Ushbu belgilar yo'lga qo'shimcha harakat bo'lagi kiritilganligi yoki tormozlanish tasmasi borligi haqida axborot beradi. Agar qo'shimcha tasma oldiga 4.7. "Eng kam tezlik" belgisi o'rnatilgan bo'lsa, belgida ko'rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo'shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.
“Bo‘lakning boshlanishi”. Uch bo‘lakli yo‘llarda harakatlanish uchun o‘rta bo‘lakning boshlanishi.
- 5.8.4. "Tasmaning boshlanishi"
Ushbu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda, o'rta tasma bo'yicha harakat yo'nalishini belgilaydi, ya'ni harakatga ma'lum bir tartib kiritadi. Belgi o'rta tasmadan foydalanishga ruxsat etiladigan qism oldida o'rnatiladi. Yo'llarning bunday qismlarida, yana 5.8.7, 5.8.8. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgilari qo'shimcha axborot berish uchun o'rnatiladi.
“Bo‘lak oxiri”. Balandlikka ko‘tarilish yoki to‘xtash qismidagi qo‘shimcha bo‘lakning oxiri.
- 5.8.5. "Tasma oxiri"
Ushbu belgi yo'lning balandlikka ko'tarilish yoki tezlanish qismidagi qo'shimcha yo'l bo'lagining oxirini ko'rsatadi va shu yerga o'rnatiladi.
“Bo‘lak oxiri”. Uch bo‘lakli yo‘lda harakatlanish uchun mo‘lajallangan o‘rta bo‘lakning oxiri.
- 5.8.6. "Tasma oxiri"
Bu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'lning harakatlanishga ruxsat etilgan o'rta tasmasining tugashini bildiradi.
Ushbu belgi yo'lning balandlikka ko'tarilish qismidagi qo'shimcha yo'l tasmasiining oxirini ko'rsatadi va shu yerga o'rnatiladi. Bunday vaziyatda qo'shimcha yo'l bo'lagida harakatlanayotgan transport vositalari asosiy tasmaga qayta tizilishlari shart.
Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
- 5.8.7. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"
Bu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda harakat tartibini belgilaydi. Agar bu yo'l belgisida biror transpot vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo'lsa, unda bu transport vositasining tegishli tasmada harakatlanishi taqiqlanadi.
Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
- 5.8.7. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"
Bu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda harakat tartibini belgilaydi. Agar bu yo'l belgisida biror transpot vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo'lsa, unda bu transport vositasining tegishli tasmada harakatlanishi taqiqlanadi.
Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
- 5.8.8. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi"
Bu belgi uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda harakat tartibini belgilaydi. "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgilari yo'nalishlar soniga ko'ra to'rt va undan ortiq tasmali yo'llarga ham tatbiq etilishi mumkin. Uch tasmali ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda tasviri almashuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan 5.8.8. yo'l belgisi yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin. Agar "Tasmalar bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchi o'rta tasmani ikkala tomondan quvib o'tishga mo'ljallangan tasma, deb qabul qilishi kerak.
Yo'l belgilari talabiga rioya qilmaslik bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida jarima belgilanishiga sabab bo'ladi.
Bo’laklar soni
Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun mo’ljallangan bo’lak
- 5.9. "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasma"
Bu belgi belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan tasmani ko'rsatadi. Belgi qaysi yo'l bo'lagi ustida joylashgan bo'lsa, shu tasmaga tegishli bo'ladi. Yo'lning serqatnov qismlarida jamoat transportlariga qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilingan bunday yo'l tasmalari boshqalaridan sidirg'a chiziq bilan ajratilganda, unga boshqa transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. Haydovchilar yo'lovchi tushirish yoki olish hamda o'ngga burilish uchun ushbu yo'l tasmasining uzuq-uzuq chiziqchalar bilan chegaralangan joyidan unga kirib va chiqishlariga ruxsat etiladi.
Yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yurish yoki yo'l belgisi qoidasi buzilsa, eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlik belgilanadi.
Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l
- 5.10.1. "Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida tasmasi bor yo'l"
Bu belgi belgilangan yo'nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan bo'lakni ko'rsatadi. Belgi o'rnatilgan yo'lning chetki chap bo'lagida belgilangan yo'nalishli transport vositalari umumiy oqimga qarshi harakatlanadi.
Bu yo'l bo'lagi boshqalaridan sidirg'a chiziq bilan ajratilib, unga boshqa transport vositalarining kirishi taqiqlanadi. Jamoat transporti harakatlanadigan qarama-qarshi bo'lakka chiqqan haydovchi eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l
- 5.10.2. "Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'lga chiqish"
Ushbu belgi chorrahada belgilangan yo'nalishli transport vositalari, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilar uchun ajratilgan yo'l tasmasi borligi haqida axborot beradi. Shuningdek, haydovchilarga kesib o'tayotgan yo'lda bir tomonlama harakat tashkil qilinganligi haqida qo'shimcha ravishda ma'lumot beradi.
Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’l
- 5.10.3. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish”
Ushbu belgi chorrahada belgilangan yo'nalishli transport vositalari, ya'ni avtobus, trolleybus, tramvay va yo'nalishli taksilar uchun ajratilgan yo'l bo'lagi borligi haqida axborot beradi. Haydovchilarga kesib o'tayotgan yo'lda bir tomonlama harakat tashkil qilinganligi haqida qo'shimcha ravishda ma'lumot beradi.
Belgilangan yo’nalishli transport vositalari uchun bo’lagi bor yo’lning oxiri
- 5.10.4. “Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lning oxiri”
Ushbu belgi 5.10.1. "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'l" ning oxirini ko'rsatadi va shu yerda o'rnatiladi. O'z navbatida, belgi o'rnatilgan joydan e'tiboran, "Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun tasmasi bor yo'l" belgisining amal qilish tartibi bekor bo'lgan hisoblanadi.
“Qayrilish joyi”. Chapga burilish taqiqlanadi.
- 5.11.1. "Qayrilib olish joyi"
Bu belgi ajratuvchi mintaqali yo'llarda, transport vositalarining qayrilib olish joyini ko'rsatadi. Lekin, bu joydan chapga burilish taqiqlangan. Qayrilib olishga qulay sharoitni kutib turgan haydovchi o'zi boshqarayotgan transport vositasini qarama-qarshi yo'l bo'lagiga chiqarmasdan to'xtatishi shart.
“Qayrilish oralig‘i”. Qayrilish oralig‘ining uzunligi. Chapga burilish taqiqlanadi.
- 5.11.2. "Qayrilib olish oralig'i"
Bu belgi qayrilish oralig'ining uzunligini ko'rsatadi. U harakat tig'iz joylarda transport vositalarining qayrilishini tartibga solish orqali yo'llarning o'tkazuvchanlik imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Lekin bu belgi bor joylarda chapga burilish mumkin emasligini unutmaslik lozim.
Taqiqlangan joydan burilgan transport vositasi haydovchisi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.
“Avtobus va trolleybus to‘xtash joyi”.
- 5.12. "Avtobus va trolleybus to'xtash joyi"
Ushbu belgi jamoat transporti bekatlarini belgilaydigan joyni ko'rsatadi va shu erga o'rnatiladi. Bu belgi qo'yilgan joyda belgilangan yo'nalishdagi taksi, avtobus va trolleybuslargina to'xtashi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu belgi o'rnatilgan joylarda yo'lovchilarni chiqarish, tushirish uchun, jamoat transportiga xalaqit bermaslik sharti bilangina to'xtashlari mumkin. Boshqa hollarda, to'xtash joyidan 15 metrgacha bo'lgan masofada to'xtash va to'xtab turish taqiqlanadi.
Yo'nalishli transport vositalari to'xtaydigan bekatlardan yurish qoidasi buzilganda eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlik belgilanadi.
“Tramvay to‘xtash joyi”.
- 5.13. "Tramvay to'xtash joyi"
Bu belgi faqat tramvaylarning to'xtash bekatlarini ko'rsatadi va shu erga o'rnatiladi.
“Taksi to‘xtab turish joyi”.
- 5.14. "Taksi to'xtab turish joyi"
Ushbu belgi yengil taksilarning to'xtab turish joylarini ko'rsatadi va shu erga o'rnatiladi. Bu belgi bor joylarda boshqa transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi.
Eslatib o'tamiz, to'xtash va to'xtab turish qoidalari buzilsa, haydovchi eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
“To‘xtab turish joyi”.
- 5.15. "To'xtab turish joyi"
Bu belgi transport vositalarining to'xtab turish joyini ko'rsatadi.
Belgi o'rnatilgan joyda barcha transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi mumkin.
- 5.15.1. «Pullik to‘xtab turish joyi».
5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida sariq fonda lotin yozuvidagi «R» harfi tasvirlangan.
5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi maxsus ajratilgan, ochiq yoki yopiq maydonchada, transport vositalarining to‘xtab turish joyi pullik bo‘lgan joylarga o‘rnatiladi.
Asosan bozorlar, supermarketlar, aeroportlar, vokzallar va shunga o‘xshash transport vosilarini to‘xtab turish zarurati yuqori bo‘lgan hududlarda, davlat, xususiy yoki davlat-xususiy mulkchiligi asosida qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan pullik to‘xtab turish joylari tashkil qilinishi mumkin. Bunday joylarda, to‘xtab turish narxini hisob-kitob qiluvchi maxsus parkomatlar (Parkomat – bu mashina to‘xtash joyida bo‘lgan vaqt uchun mablag‘larni hisoblash va olishni ta’minlaydigan avtomatik qurilma. Qurilmaning turiga qarab, avtoturargoh foydalanuvchisi to‘xtab turishning davomiyligi va to‘lov usulini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega.) o‘rnatilishi yoki hisob kitob maxsus nazoratchi orqali amalga oshirilishi mumkin.
5.15.2 Yer usti avtomobil qo‘yish joyi.
5.15.3 Yer osti avtomobil qo‘yish joyi.
va 5.16.2. "Piyodalar o'tish joyi"
- 5.16.1. va 5.16.2. "Piyodalar o'tish joyi"
Bu yo'l belgisi piyodalarning o'tish joyini ko'rsatadi. Belgilar "Yo'lning harakat tartibga solinmagan qismida piyodalarning o'tish joyi", "Piyodalarning harakatlanish yo'nalishi" va "Piyodalarning harakati svetofor
yordamida tartibga solingan" yotiq chiziqlari bilan birga yoki ularsiz o'rnatilishi mumkin. Bunda 5.16.1. belgisi yo'lning chap tarafiga qo'yilib, piyo dalar o'tish joyining orqa chegarasini, 5.16.2. esa yo'lning o'ng tarafiga o'rnatilib, piyodalar o'tish joyining old chegarasini bildiradi. Haydovchilar yo'lni kesib o'tayotgan piyodalarga yo'l berishlari kerak.
Aks holda, ushbu qoidabuzarlik uchun haydovchi eng kam ish haqining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.
Piyodalarning yer ostidan o’tish joyi
- 17.1, 5.17.2. "Piyodalarning er ostidan o'tish joyi"
Bu yo'l belgilari piyodalarning er ostidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida bunday er osti yo'laklari quriladi va ushbu belgilar o'rnatilgan joylarda piyodalar o'z xavfsizliklarini ta'minlash maqsadida er ostidan o'tishlari shart.
5.17.1 belgisi yo'lning chap tomonidan, 5.17.2 belgisi o'ng tomonidan er osti yo'lagagi tushishni ko'rsatadi.
5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan o'tish joyi"
Bu yo'l belgilari piyodalarning er ustidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida o'rnatiladi. Piyodalar belgi o'rnatilgan joylarda faqat er usti o'tish joyidan o'tishlari shart.
Bunda 5.17.3. belgisi yo'lning chap tomoniga, 5.17.4. belgisi esa yo'lning o'ng tomoniga o'rnatiladi.
Piyodalarning yer ostidan o’tish joyi
- 5.17.1, 5.17.2. "Piyodalarning er ostidan o'tish joyi"
Bu yo'l belgilari piyodalarning er ostidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida bunday er osti yo'laklari quriladi va ushbu belgilar o'rnatilgan joylarda piyodalar o'z xavfsizliklarini ta'minlash maqsadida er ostidan o'tishlari shart.
5.17.1 belgisi yo'lning chap tomonidan, 5.17.2 belgisi o'ng tomonidan er osti yo'lagagi tushishni ko'rsatadi.
5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan o'tish joyi"
Bu yo'l belgilari piyodalarning er ustidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash, shu bilan birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida o'rnatiladi. Piyodalar belgi o'rnatilgan joylarda faqat er usti o'tish joyidan o'tishlari shart.
Bunda 5.17.3. belgisi yo'lning chap tomoniga, 5.17.4. belgisi esa yo'lning o'ng tomoniga o'rnatiladi.
Piyodalarning yer ustidan o’tish joyi
- 5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan o'tish joyi"
Bu yo'l belgilari piyodalarning er ustidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash, shu bilan
birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida o'rnatiladi. Piyodalar belgi o'rnatilgan joylarda faqat er usti o'tish joyidan o'tishlari shart. Bunda 5.17.3. belgisi yo'lning chap tomoniga, 5.17.4. esa yo'lning o'ng tomoniga o'rnatiladi.
Piyodalarning yer ustidan o’tish joyi
- 5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning er ustidan o'tish joyi"
Bu yo'l belgilari piyodalarning er ustidan o'tish joylarini ko'rsatadi. Serqatnov ko'chalarda piyodalarning xavfsizligini ta'minlash, shu bilan
birga, yo'l – transport hodisalarining oldini olish va yo'llarning o'tkazuvchanligini oshirish maqsadida o'rnatiladi. Piyodalar belgi o'rnatilgan joylarda faqat er usti o'tish joyidan o'tishlari shart. Bunda 5.17.3. belgisi yo'lning chap tomoniga, 5.17.4. esa yo'lning o'ng tomoniga o'rnatiladi.
Tavsiya etilgan tezlik
- 5.18. "Tavsiya etilgan tezlik"
Ushbu belgi yo'lning shu qismida transport vositalari uchun tavsiya etilgan harakatlanish tezligini ko'rsatadi. Belgi eng yaqin chorrahagacha amal qiladi. Agar bu yo'l belgisi birorta ogohlantiruvchi belgi bilan birgalikda qo'yilsa, uning ta'sir oralig'i yo'lning xavfli qismi uzunligi bilan chegaralanadi. Ushbu belgi yo'lning holati yoki meteorologiya sharoitlariga qarab, shu qism uchun xavfsiz bo'lgan ma'lum tezlikni tavsiya etadi.
Oxiri berk yo’l, ko’cha
- 5.19.1, 5.19.2, 5.19.3. "Oxiri berk yo'l, ko'cha"
Ushbu guruhga oid belgilar yo'lning davomi yo'q, oxiri berk ekanligini ko'rsatadi. Lekin bu belgilar transport vositalariga harakatlanishni, ya'ni ko'chaga kirishni taqiqlamaydi.
Ular faqat haydovchilarni yo'lning davomi yo'qligi haqida ogohlantiradi.
Oxiri berk yo’l, ko’cha
- 5.19.1, 5.19.2, 5.19.3. "Oxiri berk yo'l, ko'cha"
Ushbu guruhga oid belgilar yo'lning davomi yo'q, oxiri berk ekanligini ko'rsatadi. Lekin bu belgilar transport vositalariga harakatlanishni, ya'ni ko'chaga kirishni taqiqlamaydi.
Ular faqat haydovchilarni yo'lning davomi yo'qligi haqida ogohlantiradi.
Oxiri berk yo’l, ko’cha
- 5.19.1, 5.19.2, 5.19.3. "Oxiri berk yo'l, ko'cha"
Ushbu guruhga oid belgilar yo'lning davomi yo'q, oxiri berk ekanligini ko'rsatadi. Lekin bu belgilar transport vositalariga harakatlanishni, ya'ni ko'chaga kirishni taqiqlamaydi.
Ular faqat haydovchilarni yo'lning davomi yo'qligi haqida ogohlantiradi.
Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi
- 5.20.1. "Yo'nalishlarning dastlabki ko'rsatkichi"
Belgida aholi yashaydigan joy va boshqa manzillarga harakatlanish yo'nalishlari ko'rsatilgan. Unda 5.29.1. "Yo'l raqami" belgisi hamda avtomagistral, aeroport, sport obyektlari va boshqa ramziy tasvirlar tushirilgan bo'lishi mumkin. Agar belgidagi biron- bir yo'nalishda taqiqlovchi yo'l belgisining tasviri tushirilgan bo'lsa, ushbu talabga javob bermaydigan transport vositalari yo'lning shu qismini aylanib o'tishlari kerak bo'ladi. Belgining quyi qismida chorraha yoki tormozlanish bo'lagigacha bo'lgan masofa ko'rsatiladi. Ushbu belgilar axborot xarakteriga ega bo'lgani uchun, aholi yashaydigan punktlarda oq, avtomagistrallarda yashil, aholi yashash joylaridan tashqarida ko'k rangda bo'ladi.
Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi
5.20.1.2 Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi
Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi
Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi
- 5.20.2. "Yo'nalishlarning dastlabki ko'rsatkichi"
Bu turdagi belgilarda transport vositalari haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida, aholi yashaydigan joy va boshqa manzillarga harakatlanish yo'nalishi ko'rsatiladi. Belgida 5.29.1. "Yo'l raqami" belgisi hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy tasvirlar, ya'ni sport piktogrammalari tushirilgan bo'lishi mumkin.
Harakatlanish tasviri
- 5.20.3. "Harakatlanish tasviri"
Ushbu belgilar murakkab, serqatnov chorrahalar oldida o'rnatiladi. Ayrim yo'nalishlar bo'yicha taqiqlovchi belgilar mavjud yo'llarda transport vositalari haydovchilariga harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi.
Yo’nalish ko’rsatkichi
- 5.21.1. "Yo'nalish ko'rsatkichi"
Ushbu belgi manzil tomon burilish joylarida o'rnatiladi va u orada qancha masofa qolganini va manzil tomon harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi. Belgilarda avtomagistral, aeroport, sport inshootlari va aholi manzillarigacha bo'lgan masofa kilometrda ko'rsatiladi.
Yo’nalishlar ko’rsatkichi
- 5.21.2. "Yo'nalishlar ko'rsatkichi"
Ushbu belgida bir necha manzillar tomon harakatlanish yo'nalishlari ko'rsatiladi. Belgi manzillar tomon harakatlanish yo'nalishlarini va ungacha qancha masofa qolganini ko'rsatadi. Belgilarda manzillargacha bo'lgan masofa kilometrda ko'rsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy tasvirlar tushirilgan bo'lishi mumkin.
Aholi yashaydigan joyning boshlanishi
- 5.22. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi"
Ushbu yo'l belgisi aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablarga amal qilinadigan joylar nomi va ularning boshlanishini ko'rsatadi. Bunday belgilarning asosi oq rangda bo'lib, aholi yashash joyining nomi qora rangda yoziladi. Bunday joylarda transport vositalarining yuqori tezligi soatiga 70 km/s bilan chegaralanadi va tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Belgilangan harakat tezligi soatiga 20, 40 va undan ortiq kilometrdan ko'p bo'lgan kattalikdan oshirib yuborilishiga qarab, bazaviy hisoblash miqdorining 1, 5 va 10 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Besabab tovush moslamalaridan foydalangan haydovchi esa bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.
Aholi yashaydigan joyning oxiri
- 5.23. "Aholi yashaydigan joyning oxiri"
Ushbu belgi aholi yashaydigan joyning oxirini ko'rsatadi. Ushbu belgi o'rnatilgan joydan boshlab, 5.22. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi" yo'l belgisi bilan kiritilgan cheklovlar bekor qilinadi.
Aholi yashaydigan joyning boshlanishi
- 5.24. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi"
Bu belgining asosi havorang, yozuvi oq rangda bo'ladi. Belgi aholi yashash manzillari chetidan o'tuvchi magistral yo'llarda o'rnatilib, faqat joyning ma'muriy chegarasi haqida axborot beradi. Ushbu belgi o'rnatilgan hududda haydovchi aholi yashaydigan joylardan tashqarida joriy etilgan yo'l harakati qoidalariga rioya qilishi kerak.
Aholi yashaydigan joyning oxiri
- 5.25. "Aholi yashaydigan joyning oxiri"
Bu belgi 5.24. "Aholi yashaydigan joyning boshlanishi" yo'l belgisining oxirini, ya'ni hududning ma'muriy chegarasidan chiqilishini bildiradi.
Manzil nomi
- 5.26. "Manzil nomi"
Bu belgi ikki xil ko'rinishda bo'ladi. Asosi oq, yozuvi qora bo'lgan birinchi yo'l belgisi aholi yashaydigan joylardagi ko'cha, maydon va manzillarning nomini bildiradi. Asosi ko'k, yozuvi oq rangdagi ikkinchi belgi aholi yashash joylaridan tashqaridagi daryo, dovon, ko'l va boshqa xushmanzara joylarning nomini bildiradi.
“Masofalar ko‘rsatkichi”. Yo‘nalish bo‘yicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha bo‘lgan masofa (km).
- 5.27. "Masofalar ko'rsatkichi"
Ushbu belgida yo'nalish bo'yicha joylashgan aholi yashaydigan joylargacha bo'lgan masofa kilometrlarda ko'rsatiladi. Ushbu belgi transport vositasining yo'nalishi bo'yicha o'rnatiladi. Belgida yo'nalish bo'yicha joylashgan aholi yashaydigan manzilgacha bo'lgan masofa raqamlar ko'rinishida ko'rsatiladi.
“Kilometr belgisi”. Yo‘lning boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofa (km).
- 5.28. "Kilometr belgisi"
Ushbu belgi yo'l boshidan boshlab, har bir kilometr masofada o'rnatiladi va yo'lning boshi yoki oxirigacha bo'lgan masofa kilometrlarda tegishli raqamlar bilan ko'rsatiladi.
Yo’l raqami
- 5.29.1. "Yo'lga berilgan raqam"
Ushbu belgilar yo'lga berilgan maqomni ifodalaydi va asosan xalqaro, davlat, hududiy ahamiyatiga ega magistral yo'llarga o'rnatiladi. Ushbu yo'llarga berilgan raqamlar avtomobil yo'llari xaritasida o'z aksini topib, transport vositasi haydovchilariga tanlagan yo'nalishlarida harakat qilishlari uchun qulaylik yaratadi.
Yo’l raqami
- 5.29.2. "Yo'lning raqami va yo'nalishi"
Ushbu belgilar yo'lga berilgan maqomni ifodalaydi va asosan xalqaro, davlat, hududiy ahamiyatiga ega magistral yo'llarga o'rnatiladi. Ushbu yo'lga berilgan raqamlar va yo'nalishlar avtomobil yo'llari xaritasida o'z aksini topib, transport vositasi haydovchilariga manzillariga etib olishlari uchun qulaylik yaratadi.
Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi
- 5.30.1. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi"
Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Yuk avtomobillari, traktorlar, o'zi yurar moslama va mexanizm haydovchilariga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, ko'rsatilgan belgi bo'yicha to'g'riga yurishni ko'rsatadi va shu yo'l bo'yicha harakatlanishni tavsiya etadi. Belgi boshqa yo'llarga burilishni taqiqlamaydi, lekin o'rnatilgan belgiga amal qilmaslik, tez orada yuqorida aytib o'tilgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydigan belgiga olib chiqadi. Natijada, haydovchi orqaga qaytishga majbur bo'ladi.
Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi
- 5.30.2. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi"
Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Yuk avtomobillari, traktorlar, o'zi yurar moslama va mexanizm haydovchilariga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, o'ng tomon yo'nalishni ko'rsatadi va shu yo'l bo'yicha harakatlanishni tavsiya etadi. Belgi boshqa yo'llarga burilishni taqiqlamaydi, lekin o'rnatilgan belgiga amal qilmaslik, tez orada yuqorida aytib o'tilgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydigan belgiga olib chiqadi.
Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo’nalishi
- 5.30.3. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo'nalishi"
Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Yuk avtomobillari, traktorlar, o'zi yurar moslama va mexanizm haydovchilariga biror yo'nalishda harakatlanish taqiqlangan bo'lsa, chapga yo'nalishni ko'rsatadi va shu yo'l bo'yicha harakatlanishni tavsiya etadi. Belgi boshqa yo'llarga burilishni taqiqlamaydi, lekin o'rnatilgan belgiga amal qilmaslik, tez orada yuqorida aytib o'tilgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydigan belgiga olib chiqadi.
Aylanib o’tish tasviri
- 5.31. "Aylanib o'tish tasviri"
Asosi sariq rangda bo'lgan ushbu belgi, harakatlanish uchun vaqtinchalik yopib qo'yilgan yo'l qismini aylanib o'tish yo'nalishini ko'rsatadi. Bu belgi aylanib o'tiladigan yo'lning oldida o'rnatiladi. Ushbu belgilarning sariq rangda bo'lishi e'tiborni jalb qilish, yo'nalishning vaqtincha o'zgarganligi va uni aylanib o'tish kerakligini ko'rsatadi.
Chetlab o’tish yo’nalishi
- 5.32.1, 5.32.2, 5.32.3. "chetlab o'tish yo'nalishi"
Bu belgilar guruhi chorraha oldida ba'zi hollarda, aylanib o'tiladi gan yo'lning oldida o'rnatiladi. Asosi sariq rangda bo'lgan ushbu belgi, harakatlanish vaqtinchalik yopib qo'yilgan yo'l qismini chetlab o'tish yo'nalishini ko'rsatadi.
Jumladan, 5.32.1. ushbu yo'l qismini to'g'ridan, 5.32.2. o'ng tomondan va 5.32.3. chap tomondan chetlab o'tish kerakligiga ishora qiladi.
Chetlab o’tish yo’nalishi
- 5.32.1, 5.32.2, 5.32.3. "chetlab o'tish yo'nalishi"
Bu belgilar guruhi chorraha oldida ba'zi hollarda, aylanib o'tiladi gan yo'lning oldida o'rnatiladi. Asosi sariq rangda bo'lgan ushbu belgi, harakatlanish vaqtinchalik yopib qo'yilgan yo'l qismini chetlab o'tish yo'nalishini ko'rsatadi.
Jumladan, 5.32.1. ushbu yo'l qismini to'g'ridan, 5.32.2. o'ng tomondan va 5.32.3. chap tomondan chetlab o'tish kerakligiga ishora qiladi.
Chetlab o’tish yo’nalishi
- 5.32.1, 5.32.2, 5.32.3. "chetlab o'tish yo'nalishi"
Bu belgilar guruhi chorraha oldida ba'zi hollarda, aylanib o'tiladi gan yo'lning oldida o'rnatiladi. Asosi sariq rangda bo'lgan ushbu belgi, harakatlanish vaqtinchalik yopib qo'yilgan yo'l qismini chetlab o'tish yo'nalishini ko'rsatadi.
Jumladan, 5.32.1. ushbu yo'l qismini to'g'ridan, 5.32.2. o'ng tomondan va 5.32.3. chap tomondan chetlab o'tish kerakligiga ishora qiladi.
To’xtash
- 5.33. "To'xtash"
Ushbu belgi svetofor ostida o'rnatiladi. Svetofor yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida transport vositalarining to'xtash joyini ko'rsatadi.
Eslatib o'tamiz, svetoforning yoki yo'l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo'ysunmagan haydovchilar eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortiladilar.
Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang’ich ko’rsatkichi
5.34.1. "Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang'ich ko'rsatkichi"
Bu belgi ajratuvchi tasmali yo'llarning yopiq qismini qarama-qarshi yo'l tasmasi orqali aylanib o'tish yo'nalishini ko'rsatadi.
Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang’ich ko’rsatkichi
5.34.2. "Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang'ich ko'rsatkichi"
Bu belgi ajratuvchi tasmali yo'llarda vaqtinchalik yopib qo'yilgan yo'l qismining tugashi munosabati bilan transport vositalarining o'z harakat qismiga qayta tizilishini ko'rsatadi.
Reversiv harakatlanish
- 5.35. "Reversiv harakatlanish"
Ushbu belgi bir yoki bir necha yo'l tasmalarida, harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan yo'l qismining boshlanishi haqida axborot beradi. Tasma bo'yicha harakatlanish faqat reversiv svetofor ruxsati bilangina amalga oshiriladi.
Reversiv harakatlanish oxiri
- 5.36. "Reversiv harakatlanishning oxiri"
Bu yo'l belgisi reversiv tasmaning oxirini ko'rsatadi. Bu belgining qo'yilishi 5.35. "Reversiv harakatlanish" yo'l belgisi bilan qo'yilgan tartibni bekor qiladi.
Reversiv harakatlanish yo’liga chiqish
- 5.37. "Reversiv harakatlanish yo'liga chiqish"
Ushbu belgi chorraha oldida o'rnatiladi. Kesishadigan yo'lning bir yoki bir necha tasmalarida, harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkinligi haqida axborot beradi. Transport vositasi haydovchisi reversiv harakatlanish tasmasi bor yo'lga tashkil qilingan harakat tartibini hisobga olgan holda chiqishi kerak.
Turar-joy dahasi
- 5.38. "Turar joy dahasi"
Bu belgi yo'l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o'rnatilgan yo'lni bildiradi.
Turar joy dahalarida piyodalar trotuardan tashqari yo'lning qatnov qismida ham harakatlanishlari mumkin.Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladi.
Bu belgi o'rnatilgan yo'llarda transport vositasi haydovchilariga dvigatelni ishlatib turgan holda to'xtab turish, mexanik transport vositasini boshqarishni o'rgatish va maxsus maydon bo'lmasa, to'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'lgan avtomobillarning to'xtab turishi taqiqlanadi.
Yo'l belgisi qoidasiga amal qilmaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida ma'muriy javobgarlik belgilangan.
Turar-joy dahasining oxiri
- 5.39. "Turar joy dahasining oxiri"
Ushbu belgi turar joy dahasining oxirini bildiradi va shu joyga o'rnatiladi. Bu belgi 5.38. "Turar joy dahasi" yo'l belgisi bilan qo'yilgan chek lovlarni bekor qiladi.
Falokatli holatlar uchun kirish yo’li
- 5.40. "Falokatli holatlar uchun kirish yo'li"
Bu belgi falokatli holatlar uchun kirish yo'lini bildiradi va shu yo'l oldida qo'yiladi. Ushbu belgi tik nishablikda, tog'li yo'llarda va dovonda transport vositasining tormoz tizimi ishlamay qolgan vaziyatlarda uni to'xtatish maqsadida falokatli holatlar uchun ajratilgan yo'lakka kirishini ko'rsatadi.
Surat va video
5.41 Surat va video
Radar
- 5.43. “Radar”.
Yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.
Qizil rangda o'ng tomonga burilish
- 5.42. “Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish”.
Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
Velosipedlar uchun harakatlanish bo'lagi
- 5.44. “Velosipedchilar uchun yo‘lak”.
Yo‘l belgisi qaysi harakat bo‘lagi ustiga o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha harakat bo‘lagiga ta’sir qiladi. Yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatilgan yo‘l belgisi o‘ng tasmaga ta’sir qiladi.
Velosipedlar uchun harakatlanish bo'lagining oxiri
“Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
“Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
“Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
Yo’nalishlarning dastlabki ko’rsatkichi
«Pullik to‘xtab turish joyi».
- 5.15.1. «Pullik to‘xtab turish joyi».
5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida sariq fonda lotin yozuvidagi «R» harfi tasvirlangan.
5.15.1 «Pullik to‘xtab turish joyi» belgisi maxsus ajratilgan, ochiq yoki yopiq maydonchada, transport vositalarining to‘xtab turish joyi pullik bo‘lgan joylarga o‘rnatiladi.
Asosan bozorlar, supermarketlar, aeroportlar, vokzallar va shunga o‘xshash transport vosilarini to‘xtab turish zarurati yuqori bo‘lgan hududlarda, davlat, xususiy yoki davlat-xususiy mulkchiligi asosida qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan pullik to‘xtab turish joylari tashkil qilinishi mumkin. Bunday joylarda, to‘xtab turish narxini hisob-kitob qiluvchi maxsus parkomatlar (Parkomat – bu mashina to‘xtash joyida bo‘lgan vaqt uchun mablag‘larni hisoblash va olishni ta’minlaydigan avtomatik qurilma. Qurilmaning turiga qarab, avtoturargoh foydalanuvchisi to‘xtab turishning davomiyligi va to‘lov usulini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega.) o‘rnatilishi yoki hisob kitob maxsus nazoratchi orqali amalga oshirilishi mumkin.
«Maktab».
- 5.46 «Maktab».
Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi. Haydovchi uchun ushbu maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish tartibi kiritilgan.
«Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi»
- 5.47. «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi»
5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, jigarrang fonda, chap tomonda turizm obyektlariga tegishli piktogramma tasviri, markazda turizm obyekti nomi o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan va o‘ng tomonida turizm obyekti yo‘nalishi ko‘rsatilgan.
5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi turizm obyektlari joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha bo‘lgan masofa (km) ko‘rsatilishi, temir yo‘l vokzallari, aeroportlar va boshqa turizm obyektlari ramziy belgilari tasvirlangan bo‘lishi mumkin.
5.47 «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi ayeroportlar, vokzallar, me’moriy yodgorliklar, tarixiy obidalar, masjid yoki ibodatxonalar, dam olish maskanlari kabi turli turistik obyektlar yo‘nalishi yoki yo‘lni ko‘rsatadi. Ushbu turdagi belgilarning asosiy maqsadi turistlarga notanish erlarda harakat qilishda yordam berishdir.
Jigarrang fondagi «Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi» belgisi, asosan, chet ellik sayyohlar o‘tadigan yo‘llarga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Bunday belgilardagi, infratuzilmalar va geografik obyekt nomlari, chet ellik turistlarga tushinarliroq bo‘lishi uchun, ingliz tilida ham takrorlanadi.
“Bo‘lak bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi”. Bo‘lak bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi.
"Bo'lak bo'yicha harakatlanish yo'nalishi" Bo'lak bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi.
Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu bo'lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
Chorrahadan oldin o'rnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta'siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, butun chorrahaga tadbiq etiladi.
Servis belgilar
14 ta yo'l belgisi
“Tibbiy yordam ko‘rsatish joyi”.
- 6.1 "Tibbiy yordam ko'rsatish joyi"
6.1 «Tibbiy yordam ko‘rsatish joyi» yo‘l belgisi ushbu belgilar toifasiga xos bo‘lgan to‘rtburchak shakliga va ko‘k fonga ega bo‘lib, uning ichida qizil «+» belgisi chizilgan oq kvadrat mavjud.
Ushbu belgi haydovchilarga undan ma’lum masofada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan joy borligi haqida xabar beradi. Belgida harakat yo‘nalishida aynan qanday tibbiyot muassasasi joylashganligi ko‘rsatilmagan: bu dorixona, shifoxona yoki masalan, stomatologiya klinikasi bo‘lishi mumkin. Ushbu belgi tibbiy yordam olishingiz mumkin bo‘lgan muassasaga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ammo bu belgini oldindan o‘rnatish ham mumkin.
Aholi punktlarida 6.1 belgisi belgilangan obyektdan 100-150 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 400-800 metr masofada o‘rnatiladi. Ammo belgi boshqa masofada ham o‘rnatilishi mumkin, bu ba’zi hollarda 10 - 15 yoki hatto 70 - 80 kilometrni tashkil qilishi mumkin. Bunday holatda belgining pastki qismida ko‘k fonda tibbiy yordam ko‘rsatish joyigacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi. Shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish joyi bevosita yo‘lda emas, balki undan tashqarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda,
«Tibbiy yordam ko‘rsatish joyi» belgisi obyektga eng yaqin chorrahada o‘rnatiladi va belgida ungacha bo‘lgan masofadan tashqari harakat yo‘nalishi ko‘rsatiladi.
“Shifoxona”.
- 6.2. «Shifoxona».
Ushbu yo‘l belgisi haydovchiga yo‘lning yondosh hududida shifoxona borligi haqida ma’lumot beradi. Bu yerda birinchi tibbiy yordam stansiyasidan farqli o‘laroq, Siz nafaqat tibbiy yordam olishingiz, balki diagnostika va davolanishdan ham o‘tishingiz mumkin. Bu yo‘l belgisida qo‘shimcha ravishda pastki qismida 7.1.1, 7.1.3 va 7.1.4 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgilarining tasviri ham ko‘rsatilishi mumkin.
“Yonilg‘i shoxobchasi”.
- 6.3. "Yonilg'i shaxobchasi"
Bu belgi bevosita yonilg'i shaxobchasining oldida, belgida ko'rsatilgan masofada yoki manzilga burilish joyida o'rnatiladi. Transport vositasi haydovchilari ushbu belgi yordamida yaqin orada joylashgan yonilg'i quyish shaxobchasining manzilini bilib olishlari mumkin. Belgining quyi qismida manzilgacha bo'lgan masofa metrlarda ko'rsatiladi.
- 6.3.2. Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi
yo‘l belgisi to‘rtburchak shakliga va ko‘k fonga ega bo‘lib, uning ichida ikkita qora va ko‘k to‘ldirish kalonkasi tasvirlangan oq kvadrat mavjud.
Yo‘l harakati qoidalarida haydovchilarni yo‘ldagi ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun 6.3.2 «Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi» belgisi o‘rnatilishi belgilangan. Ya’ni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasining bu turida haydovchilar bir joyning o‘zida bir nechta, masalan benzin, gaz, dizel va boshqa yoqilg‘ilarni olishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu yo‘l belgisi to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu xizmat ko‘rsatish obyektida o‘rnatiladi. Yo‘l harakati qoidalarida 6.3.2 belgisi oldindan o‘rnatilishi mumkinligi ham belgilangan. Bunday holda, ushbu obyektgacha bo‘lgan masofa belgining pastki qismida (ko‘k fonda) ko‘rsatiladi. Bundan tashqari belgi ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shoxobchasi transport vositasining yo‘nalishi bo‘ylab emas, balki yo‘ldan tashqarida joylashgan holatlarda ishlatiladi. Bunday holda, «Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi» belgisi obyektga eng yaqin chorrahada o‘rnatiladi. Belgining pastki qismida strelka yordamida obyekt yo‘nalishi ko‘rsatiladi va ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan haydovchi oldinda avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
- 6.3.3. Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi
6.3.3 yo‘l belgisi to‘rtburchak shakliga va ko‘k fonga ega bo‘lib, uning ichida avtomobil va to‘ldirish kalonkasi tasvirlangan oq kvadrat mavjud. Yo‘l harakati qoidalarida haydovchilarni yo‘ldagi elektromobillarni quvvatlash shoxobchasi joylashganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun 6.3.3 «Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi» belgisi o‘rnatilishi belgilangan. Ushbu yo‘l belgisi to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu xizmat ko‘rsatish obyektida o‘rnatiladi.
6.3.3 belgisi oldindan o‘rnatilishi ham mumkin. Bunday holda, ushbu obyektgacha bo‘lgan masofa belgining pastki qismida (ko‘k fonda) ko‘rsatiladi. Bundan tashqari belgi bunday shaxobcha transport vositasining yo‘nalishi bo‘ylab emas, balki yo‘ldan tashqarida joylashgan holatlarda ishlatiladi. Bunday holda, «Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi» belgisi obyektga eng yaqin chorrahada o‘rnatiladi. Belgining pastki qismida strelka yordamida obyekt yo‘nalishi va ungacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi.
“Texnik xizmat ko‘rsatish joyi”.
- 6.4. «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi»
Ushbu yo‘l belgisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydovchiga o‘z mashinasiga texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyati berilgan joyning oldida o‘rnatiladi. Biroq, belgilangan belgini oldindan o‘rnatish imkoniyati bo‘lganda qo‘shimcha ravishda pastki qismida 7.1.1, 7.1.3 va 7.1.4 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgilarining tasviri ham ko‘rsatilishi mumkin.
“Transport vositalarini yuvish joyi”.
- 6.5. "Transport vositalarini yuvish joyi"
Bu belgi haydovchilarga yaqin orada joylashgan transport vositalarini yuvish joyining manzili haqida axborot beradi. Belgi bevosita yuvish joyining oldida, uning quyi qismida ko'rsatilgan masofada, yoki ularga burilish nuqtasida o'rnatiladi.
“Telefon”.
- 6.6. "Telefon"
Ushbu belgi yo'l harakati qatnashchilariga harakat yo'nalishida yoki yaqin orada joylashgan telefon aloqasining manzili haqida axborot beradi.
Belgi bevosita telefon shaxobchasi oldida, uning quyi qismida ko'rsatilgan masofada, yoki shaxobcha tomonga burilish joyida o'rnatiladi.
“Oshxona”.
- 6.7. "Oshxona"
Bu belgi yo'l harakati qatnashchilariga yaqin orada joylashgan umumiy ovqatlanish joylari haqida axborot beradi. Belgi oshxona oldida, uning quyi qismida ko'rsatilgan masofada, yoki oshxona tomonga burilish joylarida o'rnatiladi. Uni asosan yirik shaharlarni bog'lovchi magistral yo'llarda uchratasiz. Demak, uzoq yo'lga chiqqan haydovchi yoki yo'lovchilar belgi o'rnatilgan joyda to'xtab, tamaddi qilib olishlari mumkin bo'ladi.
“Ichimlik suv”.
- 6.8. "Ichimlik suvi"
Ushbu belgi barcha yo'l harakati qatnashchilariga ichimlik suvi bor bo'lgan manzil haqida axborot beradi. Belgi manzil oldida, belgining quyi qismida ko'rsatilgan masofada, yoki ularga burilish joyida o'rnatiladi.
“Mehmonxona”.
- 6.9. "Mehmonxona"
Bu belgi mehmonxona joylashgan manzil haqida axborot beradi. Yo'l harakati qatnashchilari turli sharoitlar yaratilgan ushbu mehmonxonalarda tunashlari, dam olishlari va ovqatlanishlari mumkin. "Mehmonxona" belgisi bevosita manzil oldida, belgining quyi qismida ko'rsatilgan masofada, yoki ularga burilish joylarida o'rnatiladi.
“Kemping”.
- 6.10. "Kemping"
6.10 «Kemping» yo‘l belgisi to‘rtburchak shaklli va ko‘k fonga ega, uning ichida osongina tanib olinadigan piktogramma bilan chodir tasvirlangan oq kvadrat mavjud.
Ko‘pincha «Kemping» belgisini kurort zonalari yaqinida uchratish mumkin. U haydovchiga yaqin joyda tunash uchun to‘xtash va chodir tikish mumkin bo‘lgan joy borligi haqida axborot beradi.
Albatta, chodirni boshqa joyga o‘rnatish mumkin. Ammo bu, birinchi navbatda, xavfli bo‘lishi mumkin, ikkinchidan, ko‘pincha kempinglardan tashqaridagi kurort hududlarida chodirlarni o‘rnatish taqiqlanadi va kemping hududlarida hech bo‘lmaganda ba’zi sharoitlar mavjud: suv, axlat yig‘ish uchun joy, hojatxona va ochiq havoda ovqat pishirish uchun imkoniyatlar. Shunday uchun, bu belgining talablariga amal qilgan yaxshiroq.
6.10 belgisi odatda obyektga yaqin joyda o‘rnatiladi, ammo Yo‘l harakati qoidalari ushbu belgini oldindan o‘rnatish imkoniyatini ham nazarda tutadi. Aholi punktlarida 6.10 belgisi tasvirlangan obyektdan 100-150 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 400-800 metr masofada o‘rnatiladi.
“Dam olish joyi”.
- 6.11. «Dam olish joyi».
“Dam olish joyi” yo‘l belgisi aynan shu yerda qisqa muddatli dam olish uchun maxsus infratuzilma yaratilgani haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qiladi. Bundan tashqari, belgini oldindan o‘rnatish mumkin, bunda belgiga qo‘shimcha ravishda pastki qismida 7.1.1, 7.1.3 va 7.1.4 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgilarining tasviri ham ko‘rsatilishi mumkin.
“DAN maskani”.
- 6.12. "YPX maskani"
Ushbu belgi transport vositalari haydovchilariga zamonaviy aloqa vositalari bilan ta'minlangan Yo'l patrul xizmati maskanining manzili haqida axborot beradi. Yo'l harakati ishtirokchilari yo'l – transport hodisalari, yo'llarda paydo bo'lgan turli to'siqlar, jamoat tartibi buzilganlik holatlari yoki kerakli axborotlarni olish bo'yicha yo'l patrul xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.
Nogiron xaydochi boshqarayotgan avtomobil
Xaydovchilikni endi boshlangan
Qo'shimcha axborot belgilari
57 ta yo'l belgisi
Manzilgacha bo’lgan masofa
- 7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa»
belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida obyektgacha bo‘lgan masofani ko‘rsatuvchi raqam yozilgan. 7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgisi belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi. 7.1.1 belgisi juda kam, lekin ba’zan ogohlantiruvchi belgilar bilan belgi o‘rnatilgan joydan yo‘lning xavfli qismining boshigacha bo‘lgan masofani kamaytirish yoki oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Shu sababli, shuni ta’kidlash kerakki, «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgisidan foydalanish orqali, ogohlantiruvchi belgilarini o‘rnatishning umumiy qoidalari bekor qilinadi. Darhaqiqat, aholi punktlarida uchburchak shakldagi ogohlantiruvchi belgilar yo‘lning xavfli qismidan 50–100 m oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 m masofada o‘rnatiladi. 7.1.1 belgisi uchburchak shakldagi ogohlantiruvchi belgilar bilan qo‘llanilganda, u yo‘lning xavfli qismigacha bo‘lgan alohida masofani ko‘rsatadi. Bu yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchini yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashish to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirish uchun amalga oshiriladi.
7.1.1 «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgisi boshqa guruhlardagi belgilar bilan ham qo‘llanlishi mumkin. Masalan, taqiqlovchi belgilar bilan, bu holatda cheklov taqiqlovchi belgi o‘rnatilgan joydan emas, balki biroz keyinroq, belgida ko‘rsatilgan masofadan keyin kuchga kirishini bildiradi. Xuddi shunday, bu belgi axborot ko‘rsatkich belgilari bilan ham ishlatilishi mumkin.
7.1.1 belgisining ma’nosini tushunishni osonlashtirish uchun uning mazmunini «...dan» kelishigi bilan bog‘lash mumkin, masalan: belgida ko‘rsatilgan ma’lum masofa dan keyin qandaydir tartib (asosiy belgi bilan belgilanadi) joriy etilishini bildiradi.
Manzilgacha bo’lgan masofa
- 7.1.2.“Obyektgacha bo‘lgan masofa”
Agar chorraha yoki kesishma oldida 2.5. "To'xtamasdan o'tish taqiqlanadi" yo'l belgisi o'rnatilgan bo'lsa, ushbu qo'shimcha axborot belgisi 2.4. "Yo'l bering" belgisi bilan birga o'rnatilib, to'xtab o'tish shart bo'lgan chorrahagacha bo'lgan aniq masofani ko'rsatadi.
Manzilgacha bo’lgan masofa
- 7.1.3, 7.1.4. «Obyektgacha bo‘lgan masofa»
7.1.3, 7.1.4. «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgilari ogohlantiruvchi belgilar bilan yo‘lning xavfli qismiga burilish oldidan qo‘llaniladi, 5.1, 5.3, 5.15 belgilari bilan ko‘rsatilayotgan obyektlarga burilish oldidan va 5.16, 5.17 belgilari bilan yaqin oradagi piyodalar o‘tish joyigacha bo‘lgan masofani ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.1.3, 7.1.4. «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgilarida qatnov qismining burilish joyidan yo‘ldan chetda joylashgan manzilgacha bo‘lgan masofalar ko‘rsatiladi.
Manzilgacha bo’lgan masofa
- 7.1.3, 7.1.4. «Obyektgacha bo‘lgan masofa»
7.1.3, 7.1.4. «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgilari ogohlantiruvchi belgilar bilan yo‘lning xavfli qismiga burilish oldidan qo‘llaniladi, 5.1, 5.3, 5.15 belgilari bilan ko‘rsatilayotgan obyektlarga burilish oldidan va 5.16, 5.17 belgilari bilan yaqin oradagi piyodalar o‘tish joyigacha bo‘lgan masofani ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.1.3, 7.1.4. «Obyektgacha bo‘lgan masofa» belgilarida qatnov qismining burilish joyidan yo‘ldan chetda joylashgan manzilgacha bo‘lgan masofalar ko‘rsatiladi.
Ta’sir oralig’i
- 7.2.1. "Ta'sir oralig'i"
Ushbu qo'shimcha axborot belgisi ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, buyuruvchi, xborot – ishora belgilari bilan birgalikda qo'llanilgan holda, o'rnatilgan belgilarning ta'sir oralig'i masofasini ko'rsatadi.
Ta’sir oralig’i
7.2.2. "Ta'sir oralig'i"
Ushbu qo'shimcha axborot belgisi faqat taqiqlovchi, jumladan 3.27. "To'xtash taqiqlangan", 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan", 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" va 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" yo'l belgilari bilan birga qo'yilib, ularga amal qilish kerak bo'lgan oraliq masofani ko'rsatadi.
Ta’sir oralig’i
7.2.3. "Ta'sir oralig'i"
Ushbu qo'shimcha axborot belgisi faqat taqiqlovchi, jumladan 3.27. "To'xtash taqiqlangan", 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan", 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" va 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" yo'l belgilari bilan birga qo'yilib, ushbu taqiqlovchi
belgilarning ta'sir doirasi tugagan nuqtani ko'rsatadi.
Ta’sir oralig’i
7.2.4. "Ta'sir oralig'i"
Ushbu qo'shimcha axborot belgisi faqat taqiqlovchi, xususan 3.27. "To'xtash taqiqlangan", 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan", 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" va 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" yo'l belgilari bilan birga qo'yilib, transport vositalari haydovchilariga ushbu belgi ta'sirida ekanliklari haqida ma'lumot beradi.
Ta’sir oralig’i
7.2.5, 7.2.6. "Ta'sir oralig'i"
Ushbu qo'shimcha axborot belgilari faqat taqiqlovchi ya'ni 3.27. "To'xtash taqiqlangan", 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan", 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" hamda 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" va 5.15. "To'xtab turish joyi" yo'l belgilari bilan birga qo'yiladi. Maydon, binolarning oldi va kengligi bo'ylab hamda shunga o'xshash joylar chetida to'xtash, to'xtab turish taqiqlangan bo'lsa, ushbu qo'shimcha belgilar taqiqning ta'sir oraliq masofasi va yo'nalishini ko'rsatadi.
Ta’sir oralig’i
7.2.5, 7.2.6. "Ta'sir oralig'i"
Ushbu qo'shimcha axborot belgilari faqat taqiqlovchi ya'ni 3.27. "To'xtash taqiqlangan", 3.28. "To'xtab turish taqiqlangan", 3.29. "Oyning toq kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" hamda 3.30. "Oyning juft kunlarida to'xtab turish taqiqlanadi" va 5.15. "To'xtab turish joyi" yo'l belgilari bilan birga qo'yiladi. Maydon, binolarning oldi va kengligi bo'ylab hamda shunga o'xshash joylar chetida to'xtash, to'xtab turish taqiqlangan bo'lsa, ushbu qo'shimcha belgilar taqiqning ta'sir oraliq masofasi va yo'nalishini ko'rsatadi.
Ta’sir yo’nalishlari
- 7.3.1, 7.3.2, 7.3.3 «Ta’sir yo‘nalishlari»
belgilari qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida belgilarning ta’sir yo‘nalishini ko‘rsatuvchi qora strelkalar tasvirlangan. 7.3.1, 7.3.2, 7.3.3 «Ta’sir yo‘nalishlari» belgilari chorraha oldida o‘rnatilgan belgilarning ta’sir yo‘nalishini yoki bevosita yo‘l yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Belgilar bir biridan faqat strelka yo‘nalishi bilan farq qiladi. Boshqalari, ya’ni o‘rnatilish tartibi va haydovchilar uchun talablar bir hil.
«Ta’sir yo‘nalishlari» belgilari asosan taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ko‘rsatkich belgilari bilan birga qo‘llanilishi mumkin, lekin ba’zan ogohlantiruvchi belgilar bilan birga ham ishlatilishi mumkin. 7.3.1, 7.3.2, 7.3.3 belgilari taqiqlovchi belgilar bilan qo‘llanilganda, cheklov aynan qaysi yo‘nalishga ta’sir qilishini, buyuruvchi va axborot-ko‘rsatkich belgilari bilan kelganda, o‘rnatilgan tartib aynan qaysi yo‘nalishga tegishliligini bildiradi. «Ta’sir yo‘nalishlari» belgilari boshqa asosiy belgilar bilan birgalikda chorrahalar (kesishmalar) oldiga o‘rnatiladi va asosiy belgilarning yo‘nalishini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, asosiy belgilarning ta’siri ushbu belgilar bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga amal qiladi.
Transport vositasining turi
7.4.1 Transport vositasining turi
Transport vositasining turi
7.4.2 Transport vositasining turi
Transport vositasining turi
7.4.3 Transport vositasining turi
Transport vositasining turi
7.4.4 Transport vositasining turi
Transport vositasining turi
7.4.5 Transport vositasining turi
Transport vositasining turi
7.4.6 Transport vositasining turi
Transport vositasining turi
7.4.7 Transport vositasining turi
Transport vositasining turi
7.4.8 Transport vositasining turi
Shanba, yakshanba va bayram kunlari
- 7.5.1. "Shanba, yakshanba va bayram kunlari"
7.5.1 «Shanba, yakshanba va bayram kunlari» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida ramziy qor parchasi shaklidagi qizil yulduzcha tasvirlangan.
7.5.1 «Shanba, yakshanba va bayram kunlari» belgisi u bilan birga o‘rnatilgan yo‘l belgisining ta’siri faqat shanba, yakshanba va bayram kunlari amal qilishini ko‘rsatadi. Boshqa kunlari ushbu belgilar amal qilmaydi.
«Shanba, yakshanba va bayram kunlari» belgisi haftaning shanba va yakshanba kunlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan bayram kunlarida, harakatlanishga ma’lum tartib qoida kiritish, harakatni cheklash yoki taqiqlash maqsadida buyuruvchi, taqiqlovchi va axborot ko‘rsatkich belgilari bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Ish kunlari
- 7.5.2. "Ish kunlari"
7.5.2 «Ish kunlari» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida qora rangli ikkita bolg‘acha «x» shaklida tasvirlangan.
7.5.2 «Ish kunlari» belgisi ma’lum bir belgilar bilan o‘rnatiladi va bu belgi faqat ish kuni deb hisoblangan kunlarda, ya’ni dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) amal qilishini bildiradi. Ya’ni, dam olish va bayram kunlari haydovchilar ushbu belgi bilan o‘rnatilgan belgilar talablariga rioya qilishlari shart emas.
«Ish kunlari» belgisi haftaning ish kunlarida, harakatlanishga ma’lum tartib qoida kiritish, harakatni cheklash yoki taqiqlash maqsadida buyuruvchi, taqiqlovchi va axborot ko‘rsatkich belgilari bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Hafta kunlari
- 7.5.3. "Hafta kunlari"
Ushbu qo'shimcha axborot belgisi taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot – ishora belgilari bilan birgalikda qo'yiladi. U transport vositasi haydovchilariga asosiy belgi haftaning qaysi kuniga tegishli ekanligini va qaysi kunlarda unga amal qilish kerakligini ko'rsatadi.
Amal qilish vaqti
- 7.5.4-7.5.7. "Amal qilish vaqti"
7.5.4, 7.5.5, 7.5.6, 7.5.7 «Amal qilish vaqti» belgilari qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida mos ravishda, belgilarning amal qilish vaqti ko‘rsatilgan. 7.5.4, 7.5.5, 7.5.6, 7.5.7 «Amal qilish vaqti» belgilari, ular bilan birga o‘rnatilgan belgilarga mos ravishda, kunning qaysi vaqtida va haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko‘rsatadi. «Amal qilish vaqti» belgilari ma’lum bir vaqtni ko‘rsatadi: haftaning kunlari yoki ma’lum bir vaqt oralig‘i. Va bu belgilardan biri bilan o‘rnatilgan belgi faqat ko‘rsatilgan vaqt davomida amal qiladi. 7.5.4 belgisi, u bilan o‘rnatilgan belgi haftaning har kuni, lekin belgida ko‘rsatilgan vaqtda (mahalliy vaqt bilan) harakatni tartibga solishini anglatadi. 7.5.5 belgisi haydovchiga u bilan qo‘llanilgan belgi faqat shanba, yakshanba yoki bayram kunlarida belgida ko‘rsatilgan vaqtda qo‘llanilishini ma’lum qiladi. 7.5.6 belgisi u bilan o‘rnatilgan belgi faqat ish kunida va faqat belgida ko‘rsatilgan vaqtda amal qilishi haqida xabar beradi.
7.5.7 belgisi u bilan o‘rnatilgan belgining ta’siri unda ko‘rsatilgan kun va vaqtda amal qilishini ko‘rsatadi. «Amal qilish vaqti» belgilari turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Haydovchi faqat belgilarning ishlash tartibini eslab qolishi kerak, ya’ni belgi u bilan birga o‘rnatilgan belgilarning aniq amal qilish vaqtini ko‘rsatadi.
Amal qilish vaqti
- 7.5.4-7.5.7. "Amal qilish vaqti"
7.5.4, 7.5.5, 7.5.6, 7.5.7 «Amal qilish vaqti» belgilari qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida mos ravishda, belgilarning amal qilish vaqti ko‘rsatilgan. 7.5.4, 7.5.5, 7.5.6, 7.5.7 «Amal qilish vaqti» belgilari, ular bilan birga o‘rnatilgan belgilarga mos ravishda, kunning qaysi vaqtida va haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko‘rsatadi. «Amal qilish vaqti» belgilari ma’lum bir vaqtni ko‘rsatadi: haftaning kunlari yoki ma’lum bir vaqt oralig‘i. Va bu belgilardan biri bilan o‘rnatilgan belgi faqat ko‘rsatilgan vaqt davomida amal qiladi. 7.5.4 belgisi, u bilan o‘rnatilgan belgi haftaning har kuni, lekin belgida ko‘rsatilgan vaqtda (mahalliy vaqt bilan) harakatni tartibga solishini anglatadi. 7.5.5 belgisi haydovchiga u bilan qo‘llanilgan belgi faqat shanba, yakshanba yoki bayram kunlarida belgida ko‘rsatilgan vaqtda qo‘llanilishini ma’lum qiladi. 7.5.6 belgisi u bilan o‘rnatilgan belgi faqat ish kunida va faqat belgida ko‘rsatilgan vaqtda amal qilishi haqida xabar beradi.
7.5.7 belgisi u bilan o‘rnatilgan belgining ta’siri unda ko‘rsatilgan kun va vaqtda amal qilishini ko‘rsatadi. «Amal qilish vaqti» belgilari turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Haydovchi faqat belgilarning ishlash tartibini eslab qolishi kerak, ya’ni belgi u bilan birga o‘rnatilgan belgilarning aniq amal qilish vaqtini ko‘rsatadi.
Amal qilish vaqti
7.5.6 Amal qilish vaqti
Amal qilish vaqti
- 7.5.4-7.5.7. "Amal qilish vaqti"
7.5.4, 7.5.5, 7.5.6, 7.5.7 «Amal qilish vaqti» belgilari qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida mos ravishda, belgilarning amal qilish vaqti ko‘rsatilgan. 7.5.4, 7.5.5, 7.5.6, 7.5.7 «Amal qilish vaqti» belgilari, ular bilan birga o‘rnatilgan belgilarga mos ravishda, kunning qaysi vaqtida va haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko‘rsatadi. «Amal qilish vaqti» belgilari ma’lum bir vaqtni ko‘rsatadi: haftaning kunlari yoki ma’lum bir vaqt oralig‘i. Va bu belgilardan biri bilan o‘rnatilgan belgi faqat ko‘rsatilgan vaqt davomida amal qiladi. 7.5.4 belgisi, u bilan o‘rnatilgan belgi haftaning har kuni, lekin belgida ko‘rsatilgan vaqtda (mahalliy vaqt bilan) harakatni tartibga solishini anglatadi. 7.5.5 belgisi haydovchiga u bilan qo‘llanilgan belgi faqat shanba, yakshanba yoki bayram kunlarida belgida ko‘rsatilgan vaqtda qo‘llanilishini ma’lum qiladi. 7.5.6 belgisi u bilan o‘rnatilgan belgi faqat ish kunida va faqat belgida ko‘rsatilgan vaqtda amal qilishi haqida xabar beradi.
7.5.7 belgisi u bilan o‘rnatilgan belgining ta’siri unda ko‘rsatilgan kun va vaqtda amal qilishini ko‘rsatadi. «Amal qilish vaqti» belgilari turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Haydovchi faqat belgilarning ishlash tartibini eslab qolishi kerak, ya’ni belgi u bilan birga o‘rnatilgan belgilarning aniq amal qilish vaqtini ko‘rsatadi.
Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
- 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»
Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.
Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
- 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»
Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.
Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
- 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»
Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.
Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
- 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»
Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.
Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
- 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»
Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.
Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
- 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»
Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.
Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
- 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»
Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.
Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
- 7.6.1 — 7.6.9. «Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli»
Ushbu belgilar 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga transport vositalarining trotuar yaqinidagi to‘xtab turish joyiga qo‘yish usulini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini ko‘rsatadi. 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini ko‘rsatadi.
Yurgizgichni ishlatmasdan to’xtab turish joyi
- 7.7. "Dvigatelni ishlatmasdan to'xtab turish joyi"
Ushbu qo'shimcha axborot belgisi 5.15. "To'xtab turish joyi" yo'l belgisi bilan birgalikda qo'yiladi. Belgi ekologik muhitning tozaligini saqlash maqsadida, ushbu to'xtab turish joyida transport vositalariga dvigateli o'chirilgan holda to'xtab turishga ruxsat etilganligini ko'rsatadi.
Pullik xizmat ko’rsatish joyi
- 7.8. "Pullik xizmat ko'rsatish joyi"
Ushbu qo'shimcha axborot belgisi 5.15. "To'xtab turish joyi" yo'l belgisi bilan birga qo'yiladi va to'xtab turish joyi pullik ekanligini ko'rsatadi.
To’xtab turish muddati cheklangan
- 7.9. "To'xtab turish muddati cheklangan"
belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida vaqt chegarasini ko‘rsatuvchi son va lotin alifbosida “daq” yozuvi ko‘rsatilgan.
7.9 «To‘xtab turish muddati cheklangan» belgisi 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan birga avtomobilning qisqa muddatli ommaviy tashrif buyuradigan obyektlardagi to‘xtash joyida maksimal to‘xtab turish muddatini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Jamoat obyektlari atrofidagi hududlarga, birinchi navbatda, avtomobil bilan tashrif buyuruvchilar tomonidan talab katta bo‘ladi.
Sport inshootlari, kinoteatrlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar atrofi ba’zan nafaqat tashrif buyuruvchilar oqimi sababli, balki ular boshqarib kelgan transport vositalari sababli ham tirband bo‘ladi.
To‘xtash joylaridan optimal foydalanish va ulardagi transport vositalari sonini tartibga solish uchun «To‘xtab turish joyi» belgisi va «To‘xtab turish muddati cheklangan» belgilari birgalikda qo‘llaniladi.
Belgilar haydovchiga transport vositalarini belgilangan joylarda to‘xtashning maksimal muddatini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, haydovchiga belgilar bilan belgilangan va to‘xtash uchun ajratilgan vaqtdan oshib ketishi qat’iyan man etiladi.
Ushbu cheklov jamoat obyektlari yaqinidagi avtoturargohlarning optimal ishlashini ta’minlaydi..
Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish joyi
- 7.10. "Avtomobillarni ko'rikdan o'tkazish joyi"
7.10 «Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida estakada ustida turgan qora rangli yengil avtomobil tasvirlangan.
7.10 «Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi» belgisi 5.15 «To‘xtab turish joyi» yoki 6.11 «Dam olish joyi» belgisi bilan ko‘rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko‘zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.
Yuqori tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘llarda yoki uzoq masofalarga sayohat qilganda, haydovchi o‘z transport vositasining nosozliklari bilan bog‘liq muammolarga tayyor bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, xuddi shu nosozliklar jiddiy yoki unchalik jiddiy bo‘lmasligi mumkin.
Agar dvigatel ishlamay qolsa yoki osmalar ishdan chiqsa, bunday holatda tezkor ta’mirlash yordam bermaydi. Ko‘pincha, ushbu holatda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislarning xizmatlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Lekin, shunday vaziyatlar ham bo‘lishi mumkinki, nosozliklar kichik va ahamiyatsiz bo‘ladi, ularni ko‘zdan kechirish chuqurchalariga borish orqali mustaqil ravishda bartaraf qilish mumkin. Aynan shunday holatlarda 7.10 belgisi, u bilan birga o‘rnatilgan belgilar bilan birgalikda, yo‘lda ko‘zdan kechirish chuqurchalari mavjudligi haqida axborot beradi.
Shuningdek, xaydovchilar bunday joylarda, nafaqat qandaydir nosozliklarni ta’mirlash, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish uchun ham, avtomobillarini ko‘zdan kechirishlari mumkin.
Yana shuni ham hisobga olish kerakki, ushbu belgilarning 6.4 belgisidan farqi, «Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi» belgisi, o‘zi bilan o‘rnatilgan belgilar bilan birgalikda, faqat avtomobillarni ko‘zdan kechirish chuqurchalari mavjudligi haqida axborot beradi va bunda ta’mirlash ishlari bilan haydovchining o‘zi shug‘ullanishi kerak. 6.4 «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi» belgisi bilan belgilangan joylarda esa, ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus mutaxassislar va maxsus ajratilgan joylar bo‘ladi.
To’la vazni cheklangan
- 7.11. . "Ruxsat etilgan to'la vazni cheklangan".
Belgining ta'siri ruxsat etilgan to'la vazni qo'shimcha-axborot yo'l belgisida ko'rsatilgan miqdordan ortiq bo'lgan transport vositalariga taalluqli ekanligini ko'rsatadi.
Xavfli yo’l yoqasi
- 7.12. "Xavfli yo'l yoqasi"
Qo‘shimcha axborot belgisi yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yoki yo‘l yoqasidan qurilish materiallarini tushirish va qurilish mashinalarini qo‘yish uchun foydalaniladigan bo‘lsa, yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantirish maqsadida foydalaniladi hamda 1.23. «Ta’mirlash ishlari» belgisi bilan qo‘llaniladi.
Ushbu belgilar talablariga amal qilmay yo‘l yoqasida to‘xtagan yoki to‘xtab turish uchun qo‘ygan haydovchining avtomobili ta’mirlash ishlariga halaqit berishi, yo‘l yoqasiga tushirilayotgan qurilish materiallari avtomobiliga tegib ketib shikastlanishi, bu yerda ish bajarayotgan qurilish mashinalarining harakatlanishi oqibatida yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin.
Asosiy yo’lning yo’nalishi
- 7.13. "Asosiy yo'lning yo'nalishi"
belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida asosiy yo‘lning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi qalin va ikkinchi darajali yo‘lni ko‘rsatuvchi ingichka chiziqlar tasvirlangan.
Haydovchiga chorrahada asosiy yo‘l yo‘nalishini o‘zgartirayotgani haqida xabar berish uchun 7.13 «Asosiy yo‘lning yo‘nalishi» belgisi qo‘llaniladi. U faqat uchta imtiyoz belgilar bilan ishlatilishi mumkin: 2.1 «Asosiy yo‘l», 2.4 «Yo‘l bering!» va 2.5 «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan».
Ushbu belgining ma’nosi oddiy: chorrahada asosiy yo‘l va uning yo‘nalishi qalin chiziq bilan ko‘rsatilgan, mos ravishda ikkinchi darajali yo‘l ingichka chiziqlarbilan berilgan. Yo‘l harakati qoidalari ushbu belgidagi chorraha ko‘rinishi imkon qadar haqiqiysiga yaqin bo‘lishini talab qiladi. Ushbu talabning amalga oshirilishi haydovchilarning harakatlanishini sezilarli darajada osonlashtiradi.
Agar 2.1 «Asosiy yo‘l» belgisi boshqa belgilar bilan qo‘llanilmagan bo‘lsa, bu asosiy yo‘l to‘g‘ri ketayotganini anglatadi. Agar asosiy yo‘l burilsa, belgining yonida 7.13 belgisi o‘rnatiladi, unda qalin qora chiziq asosiy yo‘lning trayektoriyasini aniq ko‘rsatadi. Haydovchilar ushbu belgilar talablariga faqat tartibga solinmagan chorrahalarda yoki agar tartibga solingan chorrahada svetofor ishlamay qoladigan yoki doimiy miltillovchi sariq ishoraga o‘tadigan vaziyat yuzaga kelsa, amal qilishlari kerak. Ya’ni, svetofor ishlayotgan paytda biz unga va faqat unga bo‘ysunamiz. Svetofor o‘chgan zahoti 2.1 va 7.13 belgilari kuchga kiradi. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ya’ni, teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.
Harakatlanish bo’lagi
7.14. "Harakatlanish bo'lagi"
Mazkur qo'shimcha axborot belgisi harakatlanish bo'lagi ustida o'rnatilgan asosiy yo'l belgilari yoki svetofor bilan birga qo'yiladi. U asosiy belgining ta'siri alohida harakatlanish bo'lagiga tegishli ekanligini bildiradi.
Ko’zi ojiz piyodalar
- 7.15. "Ko‘zi ojiz piyodalar"
belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida qora rangli ko‘zoynak tasvirlangan.
7.15 «Ko‘zi ojiz piyodalar» belgisi svetofor va 1.20, 5.16.1, 5.16.2 «Piyodalar o‘tish joyi» belgilari bilan birgalikda ko‘zi ojiz piyodalar chiqib qolishi mumkin bo‘lgan obyektlarga yaqin joylarda joylashgan piyodalar o‘tish joylari oldida qo‘llaniladi.
7.15 belgisi va 1.20 «Piyodalar o‘tish joyi» ogohlantiruvchi belgisi birgalikda transport vositasi haydovchisiga ma’lum masofadan keyin (aholi punktlarida - 50-100 metrdan keyin va aholi punktlaridan tashqarida - 150-300 metrdan keyin) u ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati zaif piyodalar tez-tez paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganligini ko‘rsatadi.
Agar 7.15 belgisi 5.16.1 va 5.16.2 «Piyodalar o‘tish joyi» belgilari bilan birgalikda haydovchiga aynan shu piyodalar o‘tish joyining chegarasi ekanligini ko‘rsatadi. Yo‘lning bunday qismlarida haydovchi imkoniyati cheklangan piyodalarga imkon qadar e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Gap shundaki, ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati zaif piyodalar piyodalar majburiyatlariga to‘liq rioya qila olmasliklari mumkin.
Ba’zi insonlarning, afsuski, imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Masalan, ko‘zi ojiz yoki ko‘rish qobiliyati zaif odamlar. Bunday odamlar yo‘lga chiqishda ko‘rish qobiliyati yaxshi piyodalarga qaraganda ko‘proq xavf ostida bo‘lishadi.
Nam qoplama
- 7.16. "Nam qoplama"
7.16 «Nam qoplama» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida yomg‘ir yog‘ayotgan bulutning ramziy shakli tasvirlangan.
7.16 «Nam qoplama» tegishli belgilar bilan birga o‘rnatilganda, belgi ta’siri faqat yo‘l qoplamasi nam bo‘lgan holatlarda amal qilishini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatda transport vositalari haydovchilari tezlikni kamaytirib, ehtiyot choralarini ko‘rgan holda harakatlanishlari kerak.
Yo‘lda suv qatlamining mavjudligi, haydovchidan quruq yo‘lga qaraganda ancha ehtiyotkor bo‘lib harakatlanishni talab qiladi. Qaysidir belgilarning 7.16 belgisi bilan birga qo‘llanilishi, o‘sha belgi faqat yo‘l qoplamasi nam bo‘lgan holatlarda amal qilishini bildiradi. Taqiqlovchi belgi va bu belgining birgalikda qo‘lanilishi haydovchining tezlikni tanlashini, quvib o‘tish istagini cheklaydi yoki ho‘l yoki nam yo‘llarda muayyan turdagi transport vositalarining harakatini butunlay taqiqlaydi. Ba’zi ogohlantiruvchi belgilari bilan birgalikda, ko‘pincha 1.15 «Sirpanchiq yo‘l» belgisi bilan, bu belgi haydovchilarni tegishli yo‘l qoplamasi haqida xabardor qiladi.
Nogironlar
- 7.17. "Nogironlar"
7.17 «Nogironlar» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida «Nogironligi bo‘lgan shaxs» taniqlik belgisidagi kabi, aravachada o‘tirgan nogironligi bo‘lgan shaxsning ramziy shakli tasvirlangan.
7.17 «Nogironlar» belgisi 5.15 «To‘xtab turish joyi» belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) Yo‘l harakati qoidalarning 176-bandiga muvofiq «Nogiron» taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko‘rsatadi.
Qoidalarga asosan 5.15 va 7.17 belgilari birgalikda o‘rnatilgan to‘xtab turish joylarida, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni yoki nogironligi bo‘lgan bolalarni tashiyotgan transport vositalariga to‘xtab turishga ruxsat etiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘xtash qoidasi nafaqat avtomobillarga, balki mototsikl va aravachalarga ham tegishli. Ushbu shaxslarda tegishli imtiyozlardan foydalanish uchun, doimo nogironlikni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak.
Shuningdek, to‘xtab turish joylarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan qismida, nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi 1.24 yotiq chizig‘idan ham foydalanish mumkin.
To‘xtab turish joylarida, tegishli belgilar yoki chiziqlar bilan alohida tartib o‘rnatilmagan bo‘lsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘xtab turish joyidan foydalanishi, umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Nogironlar mustasno
7.18. "Nogironlar mustasno"
Ushbu qo'shimcha axborot belgisi to'xtash va to'xtab turishni taqiqlovchi belgilar bilan birga qo'yiladi. Bu esa mazkur taqiqlovchi belgilarning "Nogiron" taniqlik belgisi o'rnatilgan transport vositalari va motokajavalarga amal qilmasligini anglatadi. Demak, bunday joylarda "Nogiron" taniqlik belgisi bor haydovchilar to'xtashlari yoki to'xtab turishlari mumkin bo'ladi.
Yo'l belgilari ma'nosi jihatdan o'zaro bir – biriga zid kelgan hollarda, haydovchilar vaqtinchalik o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
Chorrahadagi kamera
- 7.19. «Foto va video qayd etish».
7.19 «Foto va video qayd etish» belgilari qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida qora rangli fotoapparat tasvirlangan.
7.19 «Foto va video qayd etish» belgisi yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Foto va video qayd etish tizimi - bu yo‘l harakati qoidalarining buzilishini avtomatik ravishda suratga oladigan avtotransport vositalarini boshqarish uchun mo‘ljallangan texnik jihozlarning avtomatlashtirilgan majmuasi. Bu ma’lumotlarni qayta ishlash markaziy serveriga ma’lumotlarni uzatish imkoniyatini beradi.
Foto va video qayd etish tizimlari qoidabuzarlarning ma’lumotlar bazasini yaratish, avtotransport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqamlarini avtomatik ravishda tanib olish, ularni turli ma’lumotlar bazalari bo‘yicha tekshirish imkonini beradi.
Foto va video qayd etish tizimlari yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash hamda qoidabuzarliklar uchun jazo muqarrarligi tamoyilini kafolatlash uchun mo‘ljallangan.
Foto va video qayd etish tizimlari shahar transport oqimining tezligini nazorat qilish, transport vositasining svetoforning taqiqlovchi shorasida o‘tishini va to‘xtash chizig‘ini kesib o‘tishini nazorat qilish, temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, qarama-qarshi tasmada harakatlanishni qayd etish, jamoat transporti uchun ajratilgan tasma va yo‘l yoqasida harakatlanish, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l berilishini nazorat qilish imkonini beradi.
Xavfli yuk
- 7.20 Xavfli yuk
7.20 «Xavfli yuk toifasi» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida qizil fonda, lotin alifbosida «XAVFLI YUK sinfi» yozuvi va belgi qaysi sinfdagi xavfli yukka tegishliligini anglatuvchi raqamlar ko‘rsatilgan.
7.20 «Xavfli yuk toifasi» belgisi 3.32 «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan», 3.33 «Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan», 4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi» belgilari bilan qo‘llanilib, ushbu belgilar ta’siri 7.20 belgisida ko‘rsatilgan sinfdagi xafli yuk tashiyotgan transport vositalariga tegishliligini bildiradi. Qoidalarga asosan, xavfli yuklarni tashish, «Xavfli yuk» taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalarida amalga oshiriladi.
Yo‘lning ma’lum bir qismida istisnosiz barcha xavfli yuklarni tashishni taqiqlash har doim ham maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin. Shunday holatlarda 7.20 «Xavfli yuk toifasi» belgisi u bilan o‘rnatilgan belgilarning ta’sirini cheklashga yordam beradi. Belgilar faqat 7.20 belgisida ko‘rsatilgan sinflarga tegishli xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqa barcha transport vositalarining haydovchilari ushbu belgining talablariga e’tibor bermasliklari mumkin.
Evakuator ishlamoqda
- 7.21 “Evakuator ishlamoqda”
7.21 «Evakuator ishlamoqda» belgisi qora hoshiyali to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda. To‘rtburchak markazida evakuatorga ortilgan avtomobil tasvirlangan.
7.21 «Evakuator ishlamoqda» belgisi 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari ta'sir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuasiya qilinishini ko‘rsatadi.
Shahar va shaharchalarda «Evakuator ishlamoqda» belgisi o‘rnatilgan ko‘plab hududlar mavjud. Belgi transport vositasini to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlangan joylarda taqiqlovchi yo‘l belgilari va u bilan birga o‘rnatilgan boshqa qo‘shimcha axborot belgilari bilan birga o‘rnatiladi. Bu hududda evakuasiya xizmati ishlayotganligini bildiradi. Agar transport vositasi to‘xtash yoki to‘xtab turish taqiqlangan joyda qoldirilsa, u majburiy ravishda YHXX jarima maydoniga olib boriladi va haydovchi jarima va mashinani to‘xtash joyida saqlangan vaqt uchun to‘lashi kerak.
Marshrutli transport vositasi turi
7.21.1 Marshrutli transport vositasi turi
Marshrutli transport vositasi turi
7.21.2 Marshrutli transport vositasi turi
Marshrutli transport vositasi turi
7.21.3 Marshrutli transport vositasi turi
To'siq
To'siq
To'siq
Ta’sir yo’nalishlari
| "Ta'sir yo'nalishlari"Chorraha oldida o'rnatilgan belgilarning ta'sir yo'nalishini ko'rsatadi. | ||||
Ta’sir yo’nalishlari
«Ta’sir yo‘nalishlari». Chorraha oldida o‘rnatilgan belgilarning ta’sir yo‘nalishini yoki bevosita yo‘l yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Transport vositalarining taniqlik belgilari
12 ta yo'l belgisi
Avtopoezd
Turumlangan shina o'rnatilgan
Bolalar guruhi tashiyotgan TB
Kar soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan avtomobil
Boshqarishni o'rgatish
Tezligi cheklangan
Xavfli yuk tashiyotgan avtomobil
Katta o'lchamli yuk
Uzun o'lchamli transport vositasi
Falokat sababli to'xtash
Falokat sababli to'xtash