Ko'p beriladigan savollar
PravaMax platformasidan foydalanish bo'yicha eng muhim savollarga javoblar
PravaMax — bu haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradigan zamonaviy platforma. Bizda so'nggi yo'l harakati qoidalari, belgilari va minglab test savollari jamlangan.
Hozirgi kunda siz Payme va karta orqali to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Barcha to'lovlar xavfsiz tarzda amalga oshiriladi.
Ilovaga telefon raqam yoki Telegram orqali kirish yo'lga qo'yilgan. Agar profilingizdan chiqib ketgan bo'lsangiz, telefon raqamingizni kiritib yangi SMS kod orqali qayta kirishingiz mumkin.
Ilovani yuklab olish va ba'zi boshlang'ich testlarni yechish bepul. Barcha imtihon biletlari va to'liq funksiyalardan foydalanish uchun obuna xarid qilishingiz talab etiladi.
Bunday holatda sizga Telegram orqali kirishni tavsiya qilamiz. Ilovadagi "Telegram orqali kirish" tugmasini bosib, chet el raqamidagi profilingiz orqali ham ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.